Malayziyada odam savdosi qurboniga aylangan Özbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.
Malayziyaga işga borib, odam savdosi qurboniga aylangan 24 yoşli özbekistonlik N.E.ga vatanga qaytişida Özbekiston elçixonasi xodimlari tomonidan amaliy yordam körsatildi. Fuqaro malayziyalik iş beruvçi tomonidan uning fuqarolik pasporti olib qöyilgani, maoşi tölanmagani hamda unga nisbatan jismoniy bosim ötkazilayotgani töğrisida diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan.
Uning qonuniy haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş maqsadida elçixona saʼy-harakatlari natijasida N.E.ning xorijga çiqiş pasporti iş beruvçidan qaytarib olindi. Malayziya huquq-tartibot organlari fuqaro N.E.ning şikoyat arizasi asosida iş beruvçiga nisbatan jinoiy iş qözğatdi. Mahalliy sud tomonidan fuqaroning körsatmalari olinib, unga Özbekistonga qaytişiga ruxsat berildi.
Mamlakat diplomatik vakolatxonasi vakillari va Malayziya Içki işlar vazirligi Migratsiya departamenti vakillari kömagida N.E. Kuala-Lumpurdan Toşkentga qaytarildi.









