Avval xabar qilinganidek, koronavirus infektsiyasi – COVID-19 ning mamlakatimizga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida bir guruh vatandoşlarimiz xorijdan qaytarilgan edi.
Jumladan, Janubiy Koreya davlatidan olib kelingan 196 nafar yurtdoşimiz Çortoq sihatgohida karantin kuzatuviga olingan edi. Sihatgohning eng şinam va barça qölayliklarga ega bölimlariga joylaştirilgan 145 nafar erkak va 51 nafar ayolning salomatligi karantin davrida 52 nafar tajribali vraç va örta tibbiyot xodimlarining doimiy nazoratida böldi. Infektsionist vraçlar tomonidan ular kuniga 2 mahal tibbiy körikdan ötkazilib, 3 mahal tana harorati ölçandi. Tekşiruv va tahlillar natijalariga köra, ularning birortasida kasallik alomatlari topilmadi.
Belgilangan karantin muddatini ötab bölgan mehmonlar bugun töliq dezinfektsiyalangan avtobuslarda doimiy yaşaş manzillariga kuzatildi. Yurtdoşlarimiz respublikamizning turli hududlarida istiqomat qilişlari inobatga olinib, “Özbekiston temir yöllari” AJ tomonidan maxsus yölovçi poyezdida öz yaşaş manzillariga yetkazib qöyiladi. Oilasi davrasiga qaytayotganlarning yuz-közida quvonç. Öz soğligini xavfga qöymasdan, karantin qoidalariga rioya qilinganining natijasi bu, albatta. Zero, karantin bu – himoyadir.











