Namangan viloyatining Çortoq tumanida eko turizmni rivojlantiriş maqsadida yangi körinişdagi zamonaviy şaharça barpo etiladi. Ikki yil davomida bitişi rejalaştirilgan inşootning quriliş jarayoniga 1 ming 200 nafar işçi jalb qilinadi. Bu haqda Turzimni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan viloyatga uyuştirilgan press-turda Çortoq tumani hokimi Anvar Otaxöjayev taʼkidlab ötdi.
Otaxöjayevning «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonovga bergan intervyusida aytişiça, mehmonxona va villalar quriş loyihasi Ummon sultonligining «Al-Hamdoni group» hamda «Arkan Majan al-Mumayaza» kompaniyalariga tegişli.
«Uşbu loyihalar uçun Çortoq suv ombori atrofidan 20 gektar joy ajratildi. U yerga beş yulduzli beş qavatdan iborat mehmonxona quriladi. Uning ustida vertolyot qönişiga möljallangan maydon ham böladi. Bundan taşqari, mehmonxona atrofida 200 ta ikki qavatli villalar bunyod etiladi.
Investorlar «Xorijliklarni şu yerga kelib, hordiq çiqarişlari uçun sevimli dam oliş maskaniga aylantiramiz. Bu yerning toza havosi, mahsulotlari ularda iliq taassurot qoldirişi şubhasiz», — deya katta marralarni közlaşgan.
Mehmonxona bitgaç, uning özida yuzlab yurtdoşlarimiz uçun yangi iş örinlari yaratiladi. Biz hozirdanoq çortoqlik yoşlarning juda köpçiligiga rus, ingliz va arab tillari böyiça çuqur bilim berib, öqityapmiz. Ular mehmonxonada xizmat körsatib, faoliyat yuritadi.
COVID-19 pandemiyasi tufayli investorlar bilan Zoom platformasi orqali muntazam ravişda muloqot qilyapmiz. Ular quriliş taşkilotlarini tanlagaç, 2020 yil yakuniga qadar quriş işlari boşlanadi. Loyihaning umumiy qiymati 20 million yevro bölib, uni 2022 yilda yakuniga yetkaziş közda tutilgan», — dedi Çortoq tumani hokimi.
Anvar Otaxöjayevning bildirişiça, hududda tibbiyot turizmi ravnaqi uçun hindistonlik investorlar bilan hamkorlikda yangi loyiha amalga oşirilyapti.
«Tumanda toza içimlik suvidan taşqari, davolovçi hususiyatga ega 52 gradus issiqlikda çiqadigan tabiiy suv ham bor. Inson organizmi, tayanç harakat aʼzolariga juda foydali va şifobaxş hisoblanadi. Hindistonlik investorlar özlarining tabobat usulida sanatoriy quriş niyatida loyiha taqdim etdi. Bizga maʼqul kelgaç, ularga 10 gektar yer maydoni berildi.

Şuningdek, Gollandiya va rossiyalik investorlar hamkorligidagi 25 million dollarlik loyiha bitiş arafasida. Ular 450 örinli sanatoriy qurişdi. Bir neça oy içida işga tuşişi möljallangan sihatgohga tuman aholisining 200 nafari işga joylaşadi», — dedi Otaxöjayev.
Çortoq tumani hokimining qöşimça qilişiça, hozirda hududda 11 ta sanatoriy faoliyat yuritmoqda. Ulardan bittasi Kasaba uyuşmalari federatsiyasiga qaraşli bölsa, qolgan 10 tasi xususiy.









