Strasburgdagi Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Moskvaning Golyanovo tumanidagi oziq-ovqat dökoni egalari qullikda saqlayotgan Qozoğiston va Özbekiston fuqarolarining şikoyatlarini körib çiqadi. Bu haqda Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi saytida aytilgan.
Taʼkidlanişiça, sud beş jabrlanuvçining ikkita şikoyatini birlaştirgan. Birinçisi 2016 yilda Özbekiston fuqarolari Guljanar Nazanova va Bakiya Qosimovalar hamda qozoğistonlik Fotima va Aliya Musabayevalar nomidan, ikkinçi ariza 2018 yilda Qozoğiston fuqarosi Nesibeli Ibragimova tomonidan yuborilgan.
Ayollar manfaatlarini sudda “Fuqarolik yordami” qömitasi bilan hamkorlik qiluvçi “Memorial” inson huquqlari markazi advokatlari himoya qiladi. Qömitaga köra, sud Rossiyaga iş böyiça savollar yuboradi.
“Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Rossiyaga Inson huquqlari böyiça Yevropa konventsiyasining mumkin bölgan buzilişi haqida savollar yuboradi. Sudlanuvçi sud muhokamasidan qoçiş uçun arizaçilar bilan kelişuv bitimi tuzişi mumkin. Qanday bölmasin, işni körib çiqişning faol bosqiçi boşlanadi”, deb tuşuntirgan advokat Ivan Novikov.
Muhojirlar qullikda saqlanayotgan oziq-ovqat dökonlari Golyanovodagi Uralskaya, Parkovaya va Novosibirskaya köçalarida joylaşgan. Dökon egalari yer-xotin va ularning qarindoşlari.
Xabarga köra, tadbirkorlar ayollardan hujjatlarni olib, ularni Rossiyada mehnat muhojiri sifatida röyxatdan ötkazişdan boş tortgan. Şu bilan birga, qurbonlarning iş haqi heç qaçon tölanmagan, ularga dökonlar binolarini tark etiş taqiqlangan, şuningdek, ular yertölalarda uxlaşga majbur qilingan.
“Yillar davomida dökon egalari va xodimlari Özbekiston va Qozoğiston ayollarini haq tölanmaydigan mehnatga majburlab, zörlagan, kaltaklagan va xörlagan, agar işlaşdan boş tortişsa, huquq-tartibot idoralari tomonidan javobgarlikka tortilişi bilan tahdid qilgan”, deyilgan xabarda.
Qömita politsiya xodimlari va tergovçilar jabrlanuvçilarga nisbatan jinoiy iş qözğatişdan boş tortganini qayd etgan.









