Samarqandda “opiy” saqlangan propan gaz balloni portladi

Samarqandda “opiy” saqlangan propan gaz balloni portladi

Samarqandda propan gaz ballonida “opiy” saqlagan giyohvandfuruşlar qölga olindi, ballondagi gaz portlaşidan olgan jarohat ularni foş qildi.

Tojikiston Respublikasining Duşanbe va Boxtar şaharlarida yaşovçi 1978 yilda tuğilgan D.O. hamda S.S.lar propan gaz balloni içiga yaşirinça joylaştirilgan “opiy” giyohvandlik moddasini Tojikistondan Özbekistonga olib ötişadi va sotiş maqsadida Urgut tumanida yaşovçi tanişi, 1979 yilda tuğilgan M.F.ning yaşaş xonadoniga kelişgan.

Ular propan gaz balloni içidan giyohvandlik moddalarini olayotganida gaz çaqnaşi oqibatida kuyib, tuman şifoxonasiga borişadi. Tez orada gaz ballonida yana nimalar borligi maʼlum böladi...

Ötkazilgan tekşiruvlar natijasida propan gaz balloni içida tsellofan paketga öralgan 244,19 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlaştirildi.

Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan ötkazilgan yana bir tadbirda esa Iştixon tumanida yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan Q.A. boşqaruvida bölgan “Neksiya-2” rusumli avtomaşinada 1 kg. 8,16 gr. “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, daliliy aşyo sifatida hujjatlaştirib olingan.

Hozirda uşbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×