Bugun AOKA ştabida Içki işlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov iştirokida brifing bölib ötdi.
Quyida brifing davomida muhim savollarga qaytarilgan javoblar taqdim etildi.
IIVda harakatlanişga ruxsat etilgan har bir transport vositasi va haydovçi töğrisidagi maʼlumot bormi?
❗️Ha, bor. Respublika maxsus komissiyasi yiğilişi bayonining 1-ilovasida körsatilgan barça toifadagi avtotransport vositalari va maxsus transportlarining röyxati şakllantirilib IIOlariga taqdim etiladi.
✅ Aynan şu röyxatda körsatilgan transport va ularning haydovçilariga harakatlaniş ruxsat etiladi.
❓Karantin davrida “tonirovka”ning muddati uzaytiriladimi? Agar muddati ötgan bölsa, bu qoidabuzarlik hisoblanmaydimi?
❗️Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 avgustdagi “Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 646-sonli qarori va boşqa amaldagi Normativ-huquqiy hujjatlarda karantin davrida yoki boşqa holatlarda ruxsatnoma muddatini uzaytiriş nazarda tutilmagan.
? Bu holat qoidabuzarlik hisoblanadi.
❓Avtotransportimga stiker olganman, lekin uç kun oldin avtotrasportimni texnik körigi muddati tugadi. Transportimni haydaşim mumkinmi?
❗️Belgilangan muddatda avtotrasportni texnik körikdan ötkaziş, yöl harakati xavfsizligi qoidalariga köra avtotransportni harakatlanişiga ruxsat beradigan xavfsizlik talablaridan biri hisoblanadi. Şuning uçun texnik körikdan ötiş muddati tugagan avtotrasport vositasini boşqariş mumkin emas.
❗️Maʼlumot uçun eslatib ötamiz, xozirgi kunda, Davlat yöl harakati xavfsizligi bölinmalari tomonidan avtomaşinalarni texnik körigini ötkaziş faoliyati vaqtinça töxtatilgan. Karantin çeklovlari tugatilganidan söng bu faoliyat davom ettiriladi.









