Buning tartibini quyida yozma ravişda tuşuntirişga harakat qilamiz.
Bismillahir Rohmanir Rohim. Taroveh – istirohat maʼnosidagi "tarviha" sözining köpligidir. Tört rakat öqib, ortidan dam olingani uçun bu namoz şunday nomlangan.
Ramazon oyi fazilatlarga boydir. Uning fazilatlaridan biri oy davomida xufton namozidan keyin taroveh namozi öqişdir. Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam taroveh namozi haqida şunday deganlar:
"إِنَّ اللهَ فَرَضَ صِيَامَ رَمَضَانَ وَسَنَنْتُ لَكُمْ قِيَامَهُ فَمَنْ صَامَهُ وَقَامَهُ إِيْمَاناً وَاحْتِسَابًا خَرَجَ مِنْ ذُنُوبِهِ كَيَوْمٍ وَلَدَتْهُ أُمُّهُ" (رواه الإِمامُ النسائى عن عَبْدِ الرَّحْمَنِ ابن عوف، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ).
yaʼni: “Alloh taolo Ramazon rözasini farz qildi va men uning qiyomini sizlar uçun sunnat qildim. Kimki imon va işonç bilan, savob umidida röza tutsa va keçalari qoim tursa, onadan tuğilgan kunidagidek gunohlardan pok böladi” (Imom Nasoiy rivoyatlari).
Ramazonning keçalarida qoim böliş, deganda taroveh namozini ado etiş tuşuniladi. Demak, ixlos bilan savob umidida Ramazon rözasini tutib, taroveh namozlarini öqisak, Ramazon oyi tugaşi bilan onadan tuğilgan boladek gunohlardan foriğ bölamiz, inşaalloh.
Taroveh namozini öqiş erkaklarga ham, ayollarga ham taʼkidlangan sunnatdir. Tarovehni yolğiz öqiş mumkin, lekin jamoat bölib öqilsa, jamoatga vaʼda qilingan ajru savobga erişiladi. Ikki kişi ham jamoat hisoblanadi. Qança jamoat köp bölsa, şunça savobi ham köp böladi.
Taroveh namoziga azon va takbir aytilmaydi.
Tarovehning rakatlari: Taroveh yigirma rakatdir. Har ikki rakatdan söng salom beriladi. Tört rakatdan öqiş ham joiz. Har tört rakat öqilgandan söng tört rakat namoz öqiladigan muddatça dam oliş mustahab. Uşbu istirohat paytida tasbeh, tahlil aytiş afzal. Bizning yurtimizda quyidagiça tasbehni uç marta aytiş odat bölgan: Subhaana zil mulki val malakut. Subhaana zil ʼizzati val ʼazomati val qudroti val kibriyayayai val jabarut. Subhaanal malikil hayyillazi laa yanaamu valaa yamuut. Subbuhun quddusun robbunaa va robbul malaaikati varruh. Laa ilaaha illallohu nastağfirulloh, nasalukal jannata va naʼuzu bika minan-naar.
Uşbu tasbehni bir kişi öqiydi, qolganlar quloq soladi. Tasbehni yod olgunga qadar kitobdan öqisa ham böladi. Yuqoridagi tasbehning örniga kişi özi bilgan duolarini öqişi yoki jim turişi ham mumkin.
Tarovehning vaqti – Xufton va uning sunnatidan keyin boşlanib tong otgungaçadir. Tarovehni vitrdan oldin öqiş afzal. Vitrdan keyin öqisa ham joiz. Yolğiz namoz öqiguvçi kişi Ramazonda ham vitrni yolğiz öqişi mumkin.
Tarovehning niyati – “Ikki rakat taroveh namozini öqişni niyat qildim, yuzimni qiblaga qaratdim, xolisan lillahi taolo Allohu akbar”. Agar imomga iqtido qiladigan bölsa, niyatga “uşbu imomga iqtido qildim” degan jumlani qöşadi.
Tarovehda qiroat – Ramazon oyida Taroveh namozi öqiş davomida Qurʼoni karimni bir marta xatm qiliş sunnatdir. Qurʼoni karimni töla yod olmagan kişi har rakatda “Fotiha” surasidan söng özi yaxşi bilgan surani öqişi mumkin, hatto “Fotiha” surasidan boşqa faqat bitta surani bilgan kişi Tarovehning har rakatida şu surani zam sura qilişi mumkin.
Taroveh namozini jamoat bölib öqilsa, imom ovoz çiqarib qiroat qiladi. Unga iqtido qilganlar qiroat qilmasdan tinglab turadi. Tarovehni yolğiz öquvçi erkak kişilar esa ixtiyorli, xohlasa ovoz çiqarib, xohlasa ovozsiz qiroat qiladi.
Vitr namozini faqat Ramazon oyida jamoat bölib öqilar edi. Bunda imom vitrning har uç rakatida jahriy qiroat qiladi. Qunut duosini imom ham, muqtadiylar ham içlarida öqiydilar… Vallohu aʼlam.
Alloh barçamizni mana şu muborak Ramazon oyining fazilatlaridan nasib etsin. Ilohim, tutadigan rözalarimiz, öqiydigan duo va ibodatlarimizni, ezgu amallarimizni öz dargohida çiroyli holatda qabul qilsin.
Elyorbek MAMADALIYEV,
Namangan tumanining Şörqörğon qişloğidagi «Muhammad Siddiq» jome masjidi imom-noibi.









