Turkmanistonda «koronavirus» sözi taqiqlandi. Bunga sabab sifatida mamlakatda vahima tarqalişining oldini oliş körsatilgan.
Endilikda «koronavirus» örniga «ötkir respirator kasallik» sözini işlatiş mumkin. Turkman hukumati COVID-19 pandemiyasi tufayli aholi örtasida kötarilayotgan vahimani bostirişning taʼsirçan çoralarini körmoqda.
Xabarlarda aytilişiça, uşbu söz mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan taʼlim maskanlari, kasalxonalar, turli korxonalar va kompaniyalarga yuboriladigan maxsus broşyuralardan çiqarib taşlangan.
Sal oldin mamlakat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisida fuqarolarga isiriq tutuni yordamida virusdan himoyalanişni maslahat bergan edi. Yana şuni aytib ötiş mumkinki, haligaça rasman Turmanistonda «koronavirus» infektsiyasi bilan kasallangan bemorlar qayd etilmagan.









