“Töqlikka şöxlik”. Turkmanistonda odamlar göşt narxi sabab boş kötardi

“Töqlikka şöxlik”. Turkmanistonda odamlar göşt narxi sabab boş kötardi

Joriy yilning 21 avgust kuni Turkmanistonning Turkmanobod şahrida göştning qimmatligi sababli stixiyali norozilik yuz berdi. Bu haqda öz manbasiga tayanib, “Turkmen.news” xabar berdi.


Qayd etilişiça, haddan taşqari yuqori narx mahalliy “Yaşil bozor”ning göşt bölimidagi xaridorlarning ğazabini keltirgan. Odamlar göşt narxidan va şu bilan birga özlarining kam iş haqidan baland ovozda norozilik bildira boşlagan. Olomonni tinçlantiriş uçun huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari yetib kelgan. Tuşuntiriş işlari olib borgan politsiyaçilardan farqli ölaroq, Milliy xavfsizlik vazirligi (MXV) vakillari ularni zudlik bilan qölga olişni buyurgan.

Odamlarning bir qismi haqiqatan ham uşlangan, bunda aynan kimlarni uşlaş kerakligini maxsus xizmat vakillari körsatib turgan. Asosan eng faol norozilik bildirgan yoşi katta erkaklar va yoş yigitlar olib ketilgan. Hatto baland ovozda norozilik bildirgan ayollar uşlanmagan.

Voqea iştirokçilarini MXV xodimining ularga aytgan “töqlikka şöxlik qilayotganliklari” va “agar köp gapirişsa, umuman göştsiz qolişlari” haqidagi gaplari ğazabga keltirgan. Şundan söng, ayollar xodimga taşlanib, söka boşlagan va uning öz farzandlari har kuni göşt yeyişini aytgan. Bunga javoban xodim kulib yuborgan va bu odamlarning ğazabini yanada oşirgan. 

Ğalayon va uni bostiriş ikki soatça davom etgan. Huquqni muhofaza qiluvçilar xaridorlarning sodir bölayotgan voqealarni videoga olişga bölgan har qanday urinişlarini bartaraf etgan. Qölga olinganlarni nima kutayotgani hozirça nomaʼlum.

Manba Lebapda odamlarning noroziligiga olib kelgan aniq oziq-ovqat vaziyati haqida sözlab bergan. Maʼlumotlarga köra, Aşxobodda göşt narxlari quyidagiça: suyakli mol göştining bir kilogrammi 130 manatdan (bozor kursi böyiça 6,8 dollar), lahm göşt 170 manatdan, qiyma esa 150-250 manatdan sotilmoqda. Naşrning yozişiça, hatto poytaxtda ham göşt sotib olişga qurbi yetadigan odamlar kamayib bormoqda. Ular tovuq göştiga ötmoqda.

Mijozlarning sözlariga köra, Turkmanobodda ham ahvol yaxşi emas. “Yaşil bozor”da bir kilogramm suyakli mol göşti 150 manatdan, lahm göşt esa undan ham qimmat – 180 manatgaça turadi. Turkmanobodliklarning iş haqi poytaxt aholisinikiga qaraganda pastroq. Köpçilikda u taxminan 1400 manatni (73 dollar) taşkil etadi. Şu bilan birga, mahalliy bozorda defitsit aynan poytaxtdagi talab sababli ortib bormoqda.

“Çorva uşlab turilgan qişloqlarga aşxobodliklar kelib, hammasini sotib olişmoqda. Hayvonlarni şu yerning özida söyib, muzlatgiçli furaga ortişadi va olib ketişadi”, deydi manba.

Unga taniş qassobining aytişiça, maxsus xizmatlar qassoblar va göşt sotuvçilari bilan profilaktik suhbatlar ötkazmoqda. Ularga narxlar böyiça xaridorlar bilan tortişmaslik haqida körsatma berilmoqda.

Naşrning yozişiça, Turkmanistonda göşt mahsulotlari narxining sezilarli darajada oşişi bir qator sabablar bilan davom etmoqda. Maʼlum qilinişiça, Aşxobodda sotiş uçun göştni ommaviy ravişda ğamlab qöyadigan xaridorlardan taşqari, uni Täze Aý kolbasa işlab çiqaruvçisi ham faol ravişda sotib olmoqda. Bundan taşqari, sotuvçi-fermerlar qişga borib mahsulot yanada qimmatlaşadi – bir yarim-ikki baravarga oşadi, degan hisob bilan mahsulotning bir qismini uşlab turibdi.

Manba sabablar orasida çorvadorlar uçun yuqori tannarxni ham tilga oladi. Ular piçan va sanoat ozuqalarining qimmatligidan şikoyat qiladi. Bu omil, öz navbatida, qurğoqçilik va boşqa tabiiy ofatlar sababli yuzaga kelgan bölişi mumkin. Bunga mamlakatda qişloq xöjaligini boşqarişdagi muammolar ham qöşiladi. 


×