Rasman! Turkmanistonda ham koronavirus aniqlandi

Rasman! Turkmanistonda ham koronavirus aniqlandi


Turkmaniston poytaxti Aşxobodda 6 kişida koronavirus aniqlandi, ulardan 3 nafarining ahvoli örtaça oğirlikda. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” naşri xabar berdi. 

Vaholanki, Turkmaniston taşqi işlar vazirligi taşkillaştiradigan brifing va seminarlarda mamlakatda koronavirus yöqligi maʼlum qilinib kelinmoqda. 

Taʼkidlanişiça, kasallanganlarning barçasi tibbiy xodimlar bölib, ular S.A.Niyozov nomidagi davolaş-maslahat markazida işlaşadi. 

“Markazda yuqumli kasalliklar bölimi yöq, şu sababli bemorlarning bir qismi Çönaglidagi yuqumli kasalliklar şifoxonasiga ötkazilgan, qolgan qismi Axal viloyatida oldindan tayyorlab qöyilgan izolyatorlardan birida saqlanmoqda”, deb maʼlum qilgan naşr.  

Markaz Turkmanistondagi eng yirik tibbiy muassasalardan biri hisoblanib, unda yil davomida ön minglab odamlar taşxislaş va davolanişdan ötadi.

23 iyunda AQŞning Turkmanistondagi elçixonasi saytida amerikalik fuqarolar uçun ogohlantiriş paydo bölgan. “Turkmanistonda koronavirusga çaliniş holatlari böyiça rasmiy xabarlar yöq bölsa-da, AQŞ elçixonasi koronavirus alomatlariga ega mahalliy fuqarolar koronavirusga testlaşdan ötkazilayotgani va yuqumli kasalliklar şifoxonalarida 14 kunga karantinga joylanayotgani haqida xabarlar olgan”, deyilgan ogohlantirişda. 

Taʼkidlanişiça, AQŞ elçixonasi öz xodimlarining virusga çalinmasligi uçun ijtimoiy masofalaşuv çoralarini qatʼiylaştirgan va elçixonada niqoblar taqişni majburiy qilgan hamda işni imkoni boriça masofaviy rejimga ötkazgan.

Bunga javoban Turkmaniston taşqi işlar vazirligi AQŞ elçixonasining harakatlaridan norozilik bildirgan.     

“Turkmaniston içki işlar vazirligi bu turdagi yolğon maʼlumotlarning xato va noxolis ekanini taʼkidlab ötadi. Şu munosabat bilan vazirlikning rasmiy vakillari AQŞ elçixonasini dalillar bilan tasdiqlanmagan maʼlumotni tarqatişga yöl qöyib bölmasligidan bir neça marta ogohlantirgan”, deyilgan vazirlik xabarida.   

Bu orada Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining mutaxassislari koronavirus bilan boğliq vaziyatni örganiş uçun Turkmanistonga 2 oydan beri kirişga urinişmoqda. 

×