Yangi Zelandiya tamaki çekişni bosqiçma-bosqiç töxtatiş maqsadida qonun qabul qildi. Qonun yoşlarga tamaki sotib olişni bir umrga taqiqlaydi. Bu haqda “The Associated Press” naşri xabar berdi.
Mamlakatda tamaki mahsulotlarini sotib oliş minimal yoşi yil sayin ortib borayotganligi sababli 14 yoşdan kiçiklarga tamaki sotiş man qilingan. Qonun buzuvçilar 95 ming AQŞ dollarigaça jarimaga tortilişi mumkin.
Şuningdek, yangi qonundan közlangan maqsad tamaki sotişga ruxsat berilgan çakana sotuvçilar sonini taxminan 6000 nafardan 600 nafargaça qisqartiriş hamda tamaki tarkibidagi ruxsat etilgan nikotin miqdorini kamaytirişdan iborat.
Maʼlumotlarga köra, yangi qonun mamlakatdagi bir qança soğliqni saqlaş idoralari tomonidan ijobiy kutib olingan.









