Belgiyada begemotlarda ilk bor COVID-19 aniqlandi

Belgiyada begemotlarda ilk bor COVID-19 aniqlandi

Jonivorlar qanday qilib infektsiya yuqtirgani tuşunarsiz bölib qolmoqda, çunki ularga qaraydigan barça xodimlarda koronavirusga test manfiy bölgan.

Belgiyaning Antverpen şahridagi hayvonot boğida yaşovçi ikki begemotda koronavirus aniqlandi. Sciensano instituti olimlari ularning qay tarzda kasallik yuqtirganini anglaşga urinmoqda, deb yozadi Nieuwsblad naşri.

Qayd etilişiça, Imani va Germiyen laqabli begemotlarda koronavirusni Belgiya tibbiyot instituti olimlari aniqlagan.

«Jonivorlar qanday qilib infektsiya yuqtirgani tuşunarsiz bölib qolmoqda, ularga qaraydigan barça xodimlarda koronavirusga test manfiy bölgan», — deyiladi xabarda.

Jonivorlar kasallanganini ularning «sölak tupurayotganini» körgan zoopark veterinari payqab qolgan. Har ikki begemotda SOVID-19ga olingan test musbat çiqqan. Bu begemotlarda mazkur infektsiya aniqlangan ilk holatdir.

×