Ijtimoiy tarmoqlar koronavirusdan vafot etgan qozoğistonlik ayolning oilasi prezident va soğliqni saqlaş vaziriga murojaatini muhokama qilmoqda. Xususan, marhumning qarindoşlaridan oilani "adolatsizlikdan, tajovuzkor hujumlardan va xavfli kasallikning tarqalişiga olib keladigan xavfsizlik çoralariga rioya qilmaslik ayblovlaridan" himoya qiliş söralgan. Aqmolalik şifokorlar vaziyatga izoh berdi, deb xabar beradi nur.kz.
Oila murojaatini feysbuk ijtimoiy tarmoğida jamoat arbobi va jurnalist Arman Şurayev eʼlon qildi. Unda marhumning qarindoşlari kasallikning rivojlaniş xronologiyasini beradi.
Şunday qilib, ularning sözlariga köra, ayol nafas qisişi va isitma şikoyatlari bilan birinçi marta 22-mart kuni şifokorlarga murojaat qilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi klinikaga murojaat qilişni tavsiya qilgan.
Bundan taşqari, yaqin kişilarning aytişiça, ular koronavirus deb taxmin qilişgan.
23 mart kuni ayol, tavsiya etilganidek, klinikaga borgan. U yerda unga antibiotiklar buyurilgan va köproq iliq suyuqlik içiş tavsiya qilingan. Ammo, oilaning yozişiça, keyingi bir yarim kun içida ayolning ahvoli yomonlaşgan, davolaş belgilanganiga qaramay, ular yana tez yordam çaqirişgan. 25 mart kuni erta tongda pnevmoniya taşxisi bilan kasalxonaga yotqizişga qaror qilingan. Keyin koronavirus böyiça testlar salbiy natijani körsatgan. Ertasi kuni ayol olamdan ötgan. Ölim töğrisidagi guvohnomaga ölimga pnevmoniya sabab bölganligini körsatilgan. Ammo keyinçalik ayolning koronavirusga çalingani maʼlum böldi.
Marhumning qarindoşlari xolis tekşiruv ötkazişni va aybdorlarni javobgarlikka tortişni söradilar.









