Abdusalom Azizov Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi

Abdusalom Azizov Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi

Konferentsiya kun tartibidan ÖFA Prezidenti, Vitse-prezidentlar va Ijroiya qömitasi aʼzolarini saylaş masalalari örin olgan edi.

 Bugun, 15 iyul kuni Özbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan taşqari Konferentsiyasi bölib ötdi.

Konferentsiya kun tartibidan ÖFA Prezidenti, Vitse-prezidentlar va Ijroiya qömitasi aʼzolarini saylaş masalalari örin olgan edi.

Özbekiston futbol assotsiatsiyasining prezidenti Ramatov Açilbay Jumaniyazoviç öz xohişi bilan ÖFA Prezidentligidan isteʼfoga çiqiş töğrisida ariza  berganligi munosabati bilan, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi ustavining 41-moddasiga asosan ÖFA öz rasmiy veb-saytida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Özbekiston futbol assotsiatsiyasi aʼzolaridan nomzodlarini ilgari suriş söralgan edi.

“Şu kunga qadar Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Toşkent şahar futbol assotsiatsiyasi tomonidan nomzod sifatida Azizov Abdusalom Abdumavlonoviç taklif etildi va konferentsiyada Azizov Abdusalom Abdumavlonoviç bir ovozdan Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi”, - deyilgan xabarda.

×