Ozarbayjonning Boku şahrida Islom davlatlarining xalqaro kongressi bölib ötdi. Unda Malayziya, Kipr, Iordaniya, Livan, Suriya, Eron, Tunis, Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston, Turkiya, Bangladeş kabi 25 dan ortiq davlatning oşpazlar uyuşmasi rahbarlari iştirok etdi.
Kongress doirasida WICS – Butunjahon Islom davlatlari pazandaçilik hamjamiyati tomonidan ikkinçi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani ötkazildi. Tadbirda restoranlar va oşpazlarga beriluvçi «Hilal star» («Halol yulduz») standarti muhokamalar markazida böldi.
Oşpazlar uyuşmalari özlari işlab çiqqan «Halol restoran» va «Halol restoran oşpazi» uçun joriy etiladigan standartlar va loyihalarini taqdim etdi.
Özbekiston oşpazlar uyuşmasining mazkur standart loyihasi böyiça taqdimoti kongress iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi. Ular Özbekiston oşpazlar uyuşmasi raisi Akbar Umarovni «Hilal star» standartini beruvçi xalqaro qömita raisligiga sayladi.
«Hilal star» standarti umumiy ovqatlaniş obʼektlariga 3 yulduz darajasida beriladi. Bunday standartli restoranlari bor davlatlarga musulmon sayyohlar oqimi köpayadi.
Mazkur standart birinçi bölib Bokudagi «Turan» restoraniga berildi.
Özbekiston oşpazlar uyuşmasi «Hilal star» standartini beruvçi xalqaro qömitaga aʼzo davlatlar bilan hamkorlikda özbek, ingliz va rus tillarida onlayn qayta tayyorlov öquv-kurslari platformasini tayyorlamoqda. Mazkur loyiha işga tuşgaç, nafaqat Özbekiston, balki Markaziy Osiyo böyiça «Hilal star» standartiga daʼvogar restoranlar va mutaxassislarni öqitiş, treningdan ötkaziş mumkin böladi.
Özbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati









