14 iyul kuni Toşkentda, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisida, Özbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti öz lavozimiga kirişişiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Unda deputat va senatorlar, davlat taşkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus va jamoatçilik vakillari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.

Marosimni Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizomxöjayev oçib, Prezident saylovi yangilangan Konstitutsiyamiz va demokratik tamoyillar asosida, siyosiy faollik muhitida ötganini taʼkidladi. Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev saylovçilarning 87,05 foiz ovozi bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganini qayd etdi. Şu munosabat bilan Şavkat Mirziyoyevni qizğin tabriklab, Özbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasini topşirdi.

Şavkat Mirziyoyev mamlakatimiz Konstitutsiyasiga muvofiq, Özbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etişga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berişga, Özbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarişga tantanali qasamyod qildi.
Marosimda davlatimiz rahbari nutq sözladi.

– Bugun yelkamga qanday uluğvor masʼuliyat olayotganimni, Vatanimiz mustaqilligi, 36 milliondan ziyod aziz xalqimning tinçligi va farovonligi uçun şaxsan javobgar ekanimni yurak-yuragimdan his etib turibman. Mana şunday yuksak işonç uçun, hurmat va eʼtibor uçun köpmillatli, mard va donişmand xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan taʼzim qilaman, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Özbekiston yangi davrga qadam qöyayotgani, u siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalarda tub buriliş va ulkan özgarişlar davri bölajagi taʼkidlandi. Buning uçun yangi ğoya va taşabbuslar, avvalgidan-da köproq ğayrat va şijoat bilan işlaş kerak.

Dunyodagi ziddiyatlar iqtisodiyot uçun muammolar keltirib çiqarmoqda. Iqlim özgarişi, tabiiy boyliklar va suv resurslarining tobora taqçil bölib borayotgani ham barqaror rivojlanişga salbiy taʼsir körsatmoqda. Mana şunday oğir va tahlikali vaziyatda xalqimiz manfaatlariga javob beradigan yagona töğri yölni – samarali içki va taşqi siyosat yölini aniq belgilab oliş va uni qatʼiy amalga oşiriş lozimligi taʼkidlandi.
Prezident şu boradagi kelgusi yetti yilga möljallangan strategik maqsadlarni körsatib ötdi. Qisqa qilib aytganda, bular – qonunçilik va ijro hokimiyatini takomillaştiriş, ixçam va samarali boşqaruv tizimini taşkil etiş, ijtimoiy soha va xizmatlarni rivojlantiriş, tadbirkorlikka imkoniyatlarni kengaytiriş, iş örinlari va aholi daromadlarini köpaytiriş kabilardir.

Iqtisodiyot sohasida “yaşil iqtisodiyot”, “yaşil energiya” tamoyillari yanada keng joriy etiladi. Investitsiyalar jalb qiliş köpaytiriladi. Sanoat rivojlantiriladi. 2030 yilgaça mamlakatimiz yalpi içki mahsuloti hajmini 160 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilingan.
Davlatimiz rahbari öz nutqida yoşlarga alohida murojaat qildi.

– Aziz öğil-qizlarim, bugun tarixning özi, zamonning özi sizlarning oldingizda beqiyos imkoniyatlar oçmoqda. Sizlar Özbekiston tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan buyuk işlarni amalga oşirişga qodirsiz, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Özbekistonning eng katta kuçi ahil oila bölib yaşayotgan köpmillatli xalqi ekani, yurtimiz bundan buyon ham çinakam insonparvarlik va bağrikenglik diyori bölib qolişi taʼkidlandi.
Çuqur öylangan taşqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya borasidagi harakatlar izçil davom ettiriladi. Avvalo, mintaqamiz mamlakatlari, hamkor davlatlar, xalqaro taşkilotlar bilan aloqalar yangi bosqiçga kötariladi. Ekologiya va atrof-muhitni asraş, suv taqçilligining oldini oliş ham dolzarb vazifa böladi.

Prezident bu galgi nutqida turli körsatkiçlarga köp töxtalmadi, iqtisodiy raqamlarni keltirmadi. Eng katta yutuq xalqimizning dunyoqaraşi yuksalgani, odamlar katta maqsadlarga intilib, ertangi kunga işonç bilan yaşayotgani deya taʼkidlandi.
Özini özgartira olgan xalq, heç şubhasiz, hayotni, ijtimoiy muhitni ham özgartira oladi, öz murod-maqsadlariga albatta yetadi.
– Mana şunday uluğ eʼtiqod bilan yaşayotgan xalqqa rahbar bölib, uni yoruğ manzillar sari boşlaş men uçun ulkan baxt, ulkan şarafdir.
Hayotimning maʼno-mazmuniga aylangan buyuk maqsad – Yangi Özbekistonni, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş yölida sizlar bilan, butun xalqimiz bilan birga tinimsiz işlaşga, bor kuç-ğayratim, bilim va salohiyatimni safarbar etişga tayyorman, – deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz madhiyasi ijro etildi.
Şu bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisi yakunlandi.









