Özbekistonda 20 aprelgaça maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boşqariş taqiqlanadi

Özbekistonda 20 aprelgaça maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boşqariş taqiqlanadi

Joriy yilning 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, toşkent va nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanişiga ruxsat beriladi. Bu haqda Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarorida aytilgan. 

Mazkur ruxsatnomalar quyidagi faoliyatlarni amalga oşiriş uçun biriktirilgan avtotransport vositalariga taqdim etiladi:

  • oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan şuğullanadigan taşkilotlarning xizmat avtotransport vositalari, şuningdek, mazkur taşkilotlarda doimiy mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan xodimlarning şaxsiy avtotransport vositalari;
  • Sanitariya va gigiyena mahsulotlarini (koronavirus infektsiyasidan himoyalovçi va dezinfektsiya qiluvçi vositalar) işlab çiqaruvçi va çakana savdo, dorixona faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik va jismoniy şaxslarning avtotransport vositalari;
  • Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq va Zangiota tumanlarida, Toşkent şahrining Olmazor, Çilonzor va Yaşnobod tumanlarida barpo etilayotgan şifoxona va xiyobonlar qurilişiga jalb etilgan yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegişli avtotransport vositalari. 

Bunda, yuridik va jismoniy şaxslarning işçi xodimlari markazlaşgan tartibda avtobus (mikroavtobus) orqali Koraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahri, Toşkent şahri va viloyat markazlariga kiritişi belgilab qöyilmoqda.

Şu bilan birga, respublika maxsus komissiyasining qarori bilan köçalarda harakatlanişi uçun quyidagi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi:

  • Özbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning diplomatik xizmati xodimlari hamda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligining takliflariga muvofiq taşrif etilgan xalqaro taşkilotlarning delegatsiyalari aʼzolarining tegişli avtotransport vositalariga;
  • Aholi va taşkilotlarga kommunal xizmat körsatuvçi taşkilotlarga (gaz, elektr energiyasi, issiqlik taʼminoti, sovuq suv, suv oqava va boşqa taşkilotlar) tegişli avtotransport vositalariga;
  • aloqa xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlarga tegişli avtotransport vositalari hamda “Özbekiston poçtasi” AJning poçta jönatmalariga;
  • tijorat banklariga tegişli xizmat avtotransport vositalariga;
  • tibbiy va epidemiologik xizmatlar körsatuvçi korxonalarning avtotransport vositalariga;
  • huquqni muhofaza qiluvçi organlar va maxsus hamda qutqaruv korxonalarining avtotransport vositalariga;
  • N1, N2 va N3 toifaga kiruvçi avtotransport vositalariga hamda qişloq xöjaligi mahsulotlarini olib kelayotgan M1 (bir nafar yölovçi bilan) toifadagi avtotransport vositalariga;
  • viloyat, şahar va tuman hokimlari va ularning örinbosarlarining avtotransport vositalariga;
  • yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullaniş litsenziyasiga ega bölgan yönalişsiz taksilarga (özlarining röyxatdan ötgan maʼmuriy hududi doirasida) yölovçilarsiz, yetkazib beriş xizmati (kurer, dostavka)lariga;
  • yetkazib beriş xizmati (keytering) taşkilotlarining avtotransport vositalariga, şuningdek, yölovçi taşiş xizmatini körsatuvçi taşkilotlarning yetkazib beriş xizmatini körsatayotgan avtotransport vositalariga;
  • fuqarolarga keçiktirib bölmaydigan tez tibbiy yordam körsatiş (homiladorlik, tan jarohati, inson hayotiga xavf tuğdirayotgan boşqa holatlar) bilan boğliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan şaxsiy avtotransport vositalariga;
  • dafn marosimlarida xizmat körsatuvçi maxsus avtotransport vositalariga;
  • yöl-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari şular jumlasidan.

Qayd etiş lozimki, maxsus ruxsatnoma talab etiladigan avtotransport vositalariga (tegişli tasdiqlovçi hujjatlarni ilova qilgan holda) Maxsus ruxsatnomalar beriş tizimi joriy yilning 29 mart soat 09:00 dan amaliyotga joriy etiladi.

Adliya vazirligi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanadigan boşqa avtotransport vositalari faqatgina uşbu muassasa va taşkilotlar faoliyati bilan boğliq holda harakatlanişiga ruxsat beriladi. Şaxsiy manfaat yölida foydalaniş qatiyan man etiladi.

×