6 may kuni 50 777 ZZZ raqam belgisi auktsionda 669 600 000 sömga sotildi.
Raqam avtoraqamlar onlayn auktsionida joriy yilning 29 aprel kuni savdoga qöyilgan. Uning boşlanğiç narxi 135 million söm bölgan.
Raqamni 669 600 000 sömga Namangan viloyatida yaşovçi fuqaro sotib olgan.
Özbekiston tarixida avtomaşina raqami uçun tölangan rekord summa yangilandi. «50 777 ZZZ» davlat raqami Namangan viloyatida yaşovçi fuqaro tomonidan «Çiroyli maşina raqamlari» auktsionida salkam 670 million sömga sotilgan.
Boşlanğiç bahosi 135 million söm deya baholangan avtomobil raqami kimoşdi savdosi davomida narxi 132 marotaba kötarilib, yakunda 669 million 600 ming söm evaziga sotilgan. Bu Markaziy bank tomonidan 6 may uçun belgilangan dollar kursi (11 132,56 söm) böyiça 60 ming dollardan ortiqni taşkil etadi.
Maʼlumot uçun, Özbekistonda 2022 yil yanvar–mart oylarida onlayn auktsionlar orqali 86,7 milliard sömlik 40 mingdan ziyod «çiroyli» avtoraqamlar sotilgan.
Raqamni 669 600 000 sömga Namangan viloyatida yaşovçi fuqaro sotib olgan.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning oktyabr oyida Toşkentda elektron auktsionda 01 O 001 OQ avtomobil raqami 498 million 150 ming sömga sotilgandi.









