Biroz avval Özbekistonda koronavirusga çalingan bemorlar soni bir kunda 16 nafarga köpayib, 104 nafarni taşkil etgani haqida xabar berilgan edi.
28 mart holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasidan vafot etganlar ikki nafarga yetdi. Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev bugun vafot etgan bemor haqida maʼlumot berdi.
Sanayevning EFFECT.UZ axborot agentligiga maʼlum qilişiça, olamdan ötgan bemor boşqa bir bemor bilan muloqatda bölib, kasallikni yuqtirib olgan. U ötkir nafas yetişmovçiligi va ikki tomonlama pnevmoniya xastaligi natijasida vafot etgan. Aytilişiça, (EFFECT.UZ axborot agentligiga vafot etgan bemorning yoşi maʼlum) fuqaro Toşkent şahrida yaşagan.
Bugungi maʼlumotda körsatilgan 16 bemordan 6 nafari 26 mart kuni Moskva–Toşkent çarter reysi orqali olib kelingan va karantinga olingan, 7 nafari esa 26 mart kuni Istanbul–Toşkent çarter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda bölganlar orasidan aniqlangan.
Özbekistonda koronavirus ortidan ikki kunda ikki fuqaro vafot etdi. Keça, 27 mart kuni vafot etgan 72 yoşli onaxon Namangan viloyatida istiqomat qilib, infektsiyasini Turkiyadan qaytgan qizidan yuqtirib olgan. Onaxonni dafn etiş marosimida uning biror-bir yaqini iştirok etmagan.
Koronavirusdan vafot etgan bemor haqida maʼlumot berildi, u Toşkentlik bölgan









