Urgut tumanida sodir bölgan mojaro haqida maʼlumot berildi

Urgut tumanida sodir bölgan mojaro haqida maʼlumot berildi

2020 yilning 21 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Videodagi holat Samarqand viloyati Urgut tumani mahallasida bölganligi aytilmoqda. Saidova Mahbubani öz oila aʼzolari tomonidan kaltaklab uydan çiqarib, yubormoqçi bölganligi tasvirlangan holat böyiça izoh kutib qolamiz» nomli videolavha tarqaldi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, lavhadagi holat Urgut tumanining Manğitobod mahallasida 2020 yilning 17 iyun kuni sodir bölgan.

Tasvirda yerda yiqilib yotgan fuqaro S. fuqaro Ş. bilan 2012 yilning noyabr oyida qonuniy nikohdan ötib turmuş qurişgan, ikki nafar farzandli bölişgan. Lekin, turmuşlari davomida özaro kelişmovçilik sababli, dastlab 2016 yilda S. arazlab, şu mahallada yaşovçi ota-onasining uyiga ketib qolgan.

2019 yilning avgust oyida Manğitobod mahallasi faollari aralaşuvi bilan ular özaro yaraştirilib, yana birga yaşay boşlaşgan. Biroq, oradan bir hafta ötar-ötmas, yana özaro kelişmovçilik ularning örtasida nizo keltirib çiqargan. S. farzandlarini olib yana ota-onasining uyiga ketib qolgan. 2020 yilning iyun oyi boşlarida Ş. boşqa ayol bilan şarʼiy nikohdan ötib, yaşay boşlagan.

2020 yilning 17 iyun kuni soat 10:00 larda S. erining boşqa ayolga uylanganligini eşitib, ikki nafar farzandi, onasi I., xolasi G. va yangasi Ş. lar bilan birgalikda sobiq turmuş örtoği Ş.ning uyga borişgan. Turmuş örtoği Ş. uning uyga kirişiga qarşilik qilib, nojöya sözlar bilan haqorat qilgan. Natijada özaro janjal kelib çiqqan. Ularni ajratişga bölgan urinişlarga qaramay, janjal davom etgan. Janjal davomida S. uyning derazasi oynasini qöli bilan urib sindirişi natijasida, qölidan tan jarohati olgan. Ş. sobiq turmuş örtoği S.ni uşlab uyidan çiqargan.

2020 yil 22 iyun kuni fuqaro S. Urgut tumani böyiça IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, Ş. uning uyga kirişiga qarşilik qilib, nojöya sözlar bilan haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani böyiça IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, S.ning olgan tan jarohatini oğirlik darajasini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

RSTEIAMSF Urgut tuman sud-tibbiy ekspertizasi bölinmasining 2020 yil 30 iyun kunidagi xulosasiga köra, fuqaro S.ning olgan tan jarohatlari YENGIL SOĞLIQNING BUZILIŞIGA SABAB BÖLGAN TAN JAROHATLARI guruhiga kirişi körsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari natijasida, 2020 yil 17 iyun kuni sodir bölgan janjalda fuqaro S.ning özi deraza oynasini qöli bilan urişi natijasida tan jarohati olganligi hamda janjal iştirokçilari bir-birlarini nojöya sözlar bilan haqorat qilganligi öz tasdiğini topganligi sababli, töplangan hujjatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatişdan rad etiş haqida qaror qabul qilinib, S. va boşqalarning xatti-harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli, Özbekiston Respublikasi MJtKning 41 va 52-moddalari bilan maʼmuriy tartibda körib çiqiş uçun Maʼmuriy işlar böyiça Urgut tuman sudiga yuborilgan.

Maʼmuriy işlar böyiça Urgut tuman sudi tomonidan töplangan hujjatlar örganib çiqilib, qöşimça ravişda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib boriş haqida qaror qabul qilinib tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Hozirgi kunda töplangan hujjatlar tuman prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida örganilmoqda.

×