Qoraqalpoğistonda sodir bölgan yöl-transport hodisasida “Xalq sözi” gazetasi muxbiri vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi mazkur YTH yuzasidan maʼlumot berdi.
Unga köra, YTH keça, 19 sentyabr kuni soat 23:35 larda, Qoraqalpoğistonda emas, Xorazm viloyati, Tuproqqalʼa tumani, Sarimoy qişloği hududidan ötgan A-380 “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yölining 493-kilometrida yuz bergan. Haydovçi, 1996 yilda tuğilgan A.M. boşqaruvidagi Tacuma rusumli hamda haydovçi, 1970 yilda tuğilgan B.M. boşqaruvida bölgan Isuzu rusumli avtomobillari töqnaşgan.
Oqibatda Tacuma rusumli avtomobil haydovçisi A.M. hodisa joyida, uşbu avtomobil yölovçilari S.M. şifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q. şifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Tuproqqalʼa tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









