Ijtimoiy tarmoqlarda «Cobalt» avtomobili suv omborida suzib yurganligi töğrisida tarqalgan xabar yuzasidan maʼlumot berildi.
Maʼlum bölişiça, joriy yilning 20 iyun kuni soat 13:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi «Tödaköl» suv omborida Buxoro viloyatida tuğilgan fuqaroga tegişli bölgan oq rangli «Cobalt» avtomobili haydovçining ehtiyotsizligi oqibatida suv omboriga oqib ketgan. Aniqlanişiça, suv ombori qirğoğida turgan avtomobilni kuçli suv tölqini oqim bilan içkariga olib kirgan.
Uşbu vaziyat böyiça FVVga maʼlumot kelib tuşmagan va voqea joyidagi fuqarolar yordamida avtomobil suvdan çiqarib olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq.









