Hurmatli fuqarolar mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi keng miqiyosda tarqalişining oldini oliş maqsadida bugun, 27 mart soat 10:00 dan boşlab viloyatlararo yönalişlarda barça turdagi avtotransport vositalarining harakatlanişi töxtatildi.
Aholi salomatligini asraş, sanitariya osoyiştaligini taʼminlaş maqsadida joriy etilayotgan vaqtinçalik çeklov çoralarini töğri baholagan holda unga sözsiz amal qilişingizni sörab qolamiz.
Karantin qoidalariga qatʼiy amal qiliş va asosiy vaqtni uyda ötkaziş koronavirus pandemiyasi tarqalişining oldini olişda eng samarali usuldir. Şu bois zarurat bölmaganda, köçaga çiqmasdan, oila davrasida qoliş juda muhimligini eslatib ötmoqçimiz.
Uşbu çeklov çorasi yuk taşuvlari bilan şuğullanayotgan avtotransport vositalari va ularning haydovçilariga nisbatan tadbiq etilmaydi. Biroq yuk avtotransport vositalarida hujjatlarda qayd etilmagan şaxslarning harakatlanişiga ham yöl qöyilmaydi.
Transport vazirligi axboroti









