Karantin qoidalarini buzgan haydovçilarning avtotransport vositalari jarima maydoniga qöyilişi qonuniymi?

Karantin qoidalarini buzgan haydovçilarning avtotransport vositalari jarima maydoniga qöyilişi qonuniymi?

Karantin qoidalarini buzgan haydovçilarning avtotransport vositalarini jarima maydoniga qöyilişi aslida noqonuniy hisoblanadi. Lekin, Respublika maxsus komissiyaning qarori yuqoridagi vaziyatga istisno bölişi belgilangan.

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 291-moddasida transport vositalarini uşlab turiş asoslari keltirib ötilgan bölib, unda uşbu kodeksning 54-moddasi talablari, yaʼni epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buzganlik uçun transport vositalarini vaqtinça uşlab turiş keltirilmagan.

Bundan kelib çiqadiki, joylarda karantinga rioya etmaganlik sababidan avtomobillarni jarima maydonlariga qöyiş noqonuniydir.

Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori bilan Respublika maxsus komissiyaning öz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy böysunuvi va taşkiliy-huquqiy şaklidan qatʼi nazar barça taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari, şuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy deb belgilanib qöyilgan.

Aynan, Maxsus komissiyaning 4 apreldagi 16-sonli Bayonida: "karantin talablarining ijrosini sözsiz taʼminlaş hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bölmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilişiga yöl qöymaslik maqsadida, istisno tariqasida içki işlar organlari yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida belgilangan tartibni buzganligi uçun, transport vositasini jarima maydonçasiga joylaştiriş yöli bilan uşlab turiladi", deyilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq, AOKA ştabida karantin vaqtida amal qiliş muddati tugagan hujjatlar masalasida maʼlumot berilgandi.

Qalampir.uz Nurulloh Şaripov

×