“Özbekiston Respublikasi yöl xöjaligi tizimini çuqur isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida” Prezident Farmoni (PF–5890-son, 09.12.2019 y.) qabul qilindi.
Qarorga köra, yöl infratuzilmasi sifatini rivojlantiriş va yaxşilaşda, mintaqaviy avtomobil yöllari tarmoğini va yöl infratuzilmasini rivojlantirişda mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqlari hamda javobgarligini yanada kengaytiriş maqsadida bir qator tartiblar joriy etiladi:
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar xalq deputatlari Kengaşlari avtomobilga yonilği va gaz quyiş stantsiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilğisi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi isteʼmolçilarga realizatsiya qilişda yoqilği birligi uçun 25 sömdan ortiq bölmagan miqdorda mintaqaviy yöllarni rivojlantirişga maxsus yiğim joriy etişga haqli;
Tumanlar (şaharlar) xalq deputatlari Kengaşlari transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib çiqib, avtotransport vositasiga egalik qiliş uçun yillik yiğim joriy etişga haqli.
Körsatib ötilgan yiğimlar keng jamoatçilik muhokamalari asosida, muayyan maʼmuriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib va Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda kiritiladi.









