1 sentyabrgaça quyidagilar saqlab qolinadi: Viloyatlararo şaxsiy avtotransport vositalariga ruxsat yöq

1 sentyabrgaça quyidagilar saqlab qolinadi: Viloyatlararo şaxsiy avtotransport vositalariga ruxsat yöq

Avvalroq karantin talablari 15 iyungaça uzaytirilgani haqida xabar bergandik.

Quyidagilar joriy yilning 1 SENTYABRIGA QADAR UZAYTIRILDI: 

* xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bölmagan şaxslarga berilgan viza muddatlari; 

* muayyan muddatga vizasiz va elektron viza bilan kiriş huquqiga ega xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasida böliş muddati;

* Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirilib, 2020 yil hisobidan qaytarib olib çiqiş muddati tugaydigan xorijiy avtotransport vositalarini respublikamiz hududidan qaytarib olib çiqiş muddati.

* Şaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanişiga yöl qöyilmasligi (Toşkent şahridan Toşkent viloyatiga hamda Toşkent viloyatidan Toşkent şahriga kirib-çiqiş bundan mustasno) talabi ustidan qatʼiy nazorat örnatiş belgilandi.

Dehqon bozorlari va aholi gavjum böladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilişini nazorat qiladigan köngilli guruhlar tuziş topşirildi.

Şuningdek, Mamlakatda karantin va undan keyingi davrda fuqarolarning respublika böylab sayohat qilişlari yuzasidan vaqtinçalik tartib hamda Karantin davrida sanatoriylar va bolalar yozgi oromgohlarining faoliyatini taşkil etiş böyiça vaqtinçalik talablar tasdiqlandi.

×