Jazo kuçaydi: endi karantinni buzganlar 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etiladi

Jazo kuçaydi: endi karantinni buzganlar 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etiladi

OKA huzurida taşkil etilgan ştabda Boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşev iştirokida brifing ötkazildi.

Bayonotdan parça:

— Kuni keça bölib ötgan Senat yalpi majlisida karantin qoidalariga rioya etmaslik uçun jazo çoralarini kuçaytirişga qaratilgan Qonun maʼqullandi.

❗️Endilikda karantin qoidalarini buzganlik uçun maʼmuriy jarima miqdori fuqarolar uçun — 6 690 000 sömgaça, mansabdor şaxslar uçun — 11 150 000 sömgaça oşirildi.

❗️Jinoiy jazo ham kuçaytirilib, 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.

❗️Karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar tarqalişi haqida haqiqatga töğri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatiş, aholi orasida vahima çiqariş uçun ham — jinoiy javobgarlik belgilandi.

×