Mirzaçöl tuman sudi «Siroҗiddin media» MÇJ rahbari Siroҗiddin Adilovni tovlamaçilik va takroran firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topdi.
Jinoyat işlari böyiça Mirzaçöl tuman sudining 5 oktyabrdagi hukmiga köra, Adilov bir nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi, yaʼni tovlamaçilik, şuningdek, ikki nafar fuqaroga nisbatan 168-moddasi 3-qismining «b, v» bandlarida nazarda tutilgan xizmat mavqeidan foydalangan holda takroran firibgarlik sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sud muhokamasida Adilov D. Şamsiyevning 12 mln söm mablağini tovlamaçilik yöli bilan, G. Jumaniyozovaning 30 mln söm va R. Xudoynazarovaning 33 mln söm mablağlarini esa firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani isbotlangan.
Jami 75 mln söm miqdorida yetkazilgan zarar Adilov tomonidan qoplangan.
Sud maʼlumotiga köra, mazkur jinoyat işi doirasida Adilovning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati yuzasidan unga nisbatan heç qanday ayblov qöyilmagan.
Uning harakatlariga doir ayblov boşqa fuqarolarning mulkini firibgarlik va tovlamaçilik yöli bilan qölga kiritgani bilan boğliq.
Adilovga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.









