Janubiy Koreya razvedkasi sobiq rahbari 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Janubiy Koreya razvedkasi sobiq rahbari 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Seul oliy sudi Janubiy Koreya milliy razvedka xizmatining sobiq rahbari Von Se Xunni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Sud xulosasida aytilişiça, Von Se Xunning harakatlari milliy xavfsizlik maqsadlariga mos kelmaydi. U konstitutsiyada mustahkamlangan xizmatning siyosiy betarafligini buzganlikda ayblangan. Agentlik maʼlumotlariga köra, Janubiy Koreya razvedkasining sobiq rahbari mamlakat byudjetiga 9 million dollardan ziyod zarar yetkazgan, şuningdek, 13 ta holatda vakolatini suiisteʼmol qilişda aybdor deb topilgan. Unga yetti yillik fuqarolik va siyosiy huquqlarni çeklaş jazosi ham tayinlangan.

Von Se Xun 2009 yildan 2013 yilgaça Milliy razvedka xizmati direktori bölgan. 2014 yilda u razvedka töğrisidagi qonunni buzgan holda siyosatga aralaşgani uçun şartli jazo olgan. Bundan taşqari, 2015 yilda u uç yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq hukm bir neça bor qayta körib çiqilgan. 2020 yil fevral oyida esa Janubiy Koreya sudi razvedka sobiq boşliğini yetti yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

×