Iqtisodiyot rivojlanib, osmonöpar binolar qad rostlayotgan bir paytda, baʼzi odamlarning obrö-eʼtibori ham ösmoqda, çöntaklari qappayib, ayrim davlatlar kundan kunga boyib bormoqda. Statistika bizga yanada nurli dunyo portretini çizarkan, afsuski, şundoqqina yonimizda bolalar oçlikdan ölişi kuzatilmoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan keça, 11 mart kuni “Antaliya diplomatik forumi” oçiliş marosimidagi nutqida söz oçdi.
“Oçlik virusi har yili dunyoda koronavirus pandemiyasidanda köproq odamning hayotiga zomin bölmoqda. Bugun Yer yuzida har 10 soniyada bir bola loaqal bir bölak non, bir qultum suv topolmagani uçun ölyapti”, deydi Rajab Toyib Erdöğan.
Prezidentga köra, bugun millionlab odamlar beqarorlik va töqnaşuvlar tufayli uyini va yurtini taşlab ketişga majbur bölmoqda. Örta yer dengizida, Sahroi Kabir çölida yoki qorli toğ çöqqilarida qurbon bölganlar, odamlarning içidagi umidsizlikni ifoda etmoqda.
“Faqatgina 2014 yildan buyon Örta yer dengizining moviy suvlari 25 mingga yaqin yölovçining qabri böldi. Sönggi 10 yil içida dunyo böylab qoçqinlar soni ikki baravardan ziyod ortdi va 85 millionga yetdi. Bu raqamga 15 kun içida 2 milliondan ortiq ukrainalik qöşildi. Öz boşpanalarini taşlab qoçganlar soni kelgusi davrda yanada ortişi ayon bölib bormoqda.
Ayni paytda 1 milliard odam kuniga 2 dollardan kam pul topib, omon qoliş uçun kuraşmoqda. Darhaqiqat, bu raqamlarning har biri biz duç kelayotgan adolatsizlikni körsatiş uçun kifoya qiladi. Bundan taşqari, bu oddiy raqam emas, har biri munosib, xavfsiz hayot keçirişga loyiq jondir.
Ular onalar, otalar, opa-singillar. Biz bolalar yoş niholdek noumidlikdan quriydigan, 800 million kişi asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan mahrum bölgan, har kuni yuz millionlab odamlar oç uxlayotgan bir dunyoda yaşayapmiz”, deydi Erdöğan.
U bugun dunyoda davom etayotgan uruşlarni tinçitmay turib, yangi uruşlar muhokamasiga ötilayotganini tanqid qilib, şunday deydi:
“Yangi uruşlarning oldini olişni qöya turing, 10 yillardan buyon davom etayotgan töqnaşuvlar hal etilmagan bir vaqtda heç kim özini xavfsiz his qila olmaydi. Bugun qayerda yaşamaylik, dunyo ulkan qişloqqa aylangan davrda “Boşqasi bilan nima işim bor?”, deyolmaymiz. Töxtatilmagan töqnaşuvlar, qarşi çiqilmagan zulmlar, kuraşilmagan muammolar oxir-oqibat bizga ham taʼsir qilişi, bizni ham yoqişini bilişimiz kerak.
Biz bu alamlarga Suriyada, Yamanda, Afğonistonda, Liviyada, Iroqda, Arakanda va bir qator muammoli hududlarda takror va takror guvoh böldik. Bu mojaro hududlarida tinç aholi,ularning aksariyati ayollar va bolalar halok böldi. Oilaviy qadriyatlar va insoniy fazilatlarga jiddiy putur yetdi. Xalqaro taşkilotlarga bölgan işonç eng tubiga tuşdi. Terrorçilik taşkilotlari va ekstremizm butun dunyoda keng tarqaldi”.
Prezident Erdöğan, geografik va madaniy sabablarga köra baʼzan eʼtibordan çetda qolayotgan barça inqiroz mintaqalarida beparvolik badalini nafaqat masʼullar, balki butun insoniyat tölayotganini bildirdi.









