Italiyada bir keça-kunduzda 427 kişi hayotdan köz yumib, koronavirus qurbonlar soni 3405 taga yetdi, bu vaqt mobaynida qariyb 4,5 ming kişi kasallikni yuqtirdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
Şu tariqa Italiyada koronavirus qurbonlar soni Xitoydan ham oşib ketdi. Avvalroq XXR soğliqni saqlaş masalalari böyiça qömita rahbari mamlakatda koronavirus qurbonlar soni 3245 taga yetganini maʼlum qilgandi.
«Bugun 415 kişi tuzalib, ularning soni 4440 nafarga yetdi», — dedi Italiya fuqaro mudofaasi xizmati rahbari Anjelo Borrelli keçki brifingda.
Ayni vaqtda qariyb 33,2 ming italiyalik koronavirusni yuqtirgan bölib, bir keça-kunduzda bu körsatkiç 4,5 mingtaga köpaygan. Çorşanba kuni kasallanganlar soni 2,7 mingtaga oşiq böldi, avvallari bir keça-kunduzda köpi bilan 3 mingtani taşkil etayotgandi.
«Afsuski, bugunning özida 427 ta ölim holati qayd etildi», — deydi Borrelli. Şu tariqa Italiyada COVID-19 qurbonlari soni 3405 taga yetdi. Yaqinda ölim holati rekord 475 taga köpaygani qayd etildi. Borrellining sözlariga köra, vafot etganlar bilan qöşib hisoblaganda kasallanganlarning umumiy soni 41 ming kişidan oşadi. Yaqinda bu körsatkiç 35,7 ming kişini taşkil etgandi.









