AQŞda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 million kişidan oşib ketdi

AQŞda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 million kişidan oşib ketdi

AQŞda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 million kişidan oşdi. Bu haqda kasallik tarqalişini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti maʼlumotlarida keltirilgan.

Foto: Reuters

Maʼlumotlarga köra, AQŞga hozirga qadar COVID-19 oqibatida 112 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Koronavirus bilan kasallaniş böyiça yangi holatlar afroamerikalik Jorj Floydning ölimi sabab davom etayotgan ommaviy norozilik namoyişlari fonida aniqlanmoqda. AQŞ vitse-prezidenti Maykl Pensning maʼlum qilişiça, hukumat norozilik namoyişi boşlanganidan beri ikki hafta davomida yangi kasallaniş holatlari ösmayotganini qayd etmoqda. Uning taʼkidlaşiça, namoyiş iştirokçilarining aksariyati niqobdan foydalanmoqda va iloji boriça ijtimoiy masofalanişga rioya qilyapti.

Universitet maʼlumotlarga köra, butun dunyo böylab koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganlar soni 7,3 million kişidan oşgan. Kasallar soni böyiça dunyoda birinçi örinda AQŞ (jami kasallarning 27 foizi) ketmoqda. Ikkinçi örindan — Braziliya (740 ming bemor) örin olgan bölsa, Rossiya 493 ming kasallaniş holati bilan uçinçi poğonada ketmoqda. Ularning ortida Buyuk Britaniya (291 mingdan ortiq) va Hindiston (276 ming) joy olgan.

8 iyun kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoda koronavirus bilan boğliq vaziyat yomonlaşayotganini maʼlum qilgandi.

Eslatib ötamiz, 29 mayda JSST koronavirus infektsiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan oşganini maʼlum qilgan. 26 may kuni butun dunyoda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 5,5 milliondan, 21 mayda 5 milliondan, 31 mayda esa 6 milliondan oşib ketgani xabar qilingan edi. 8 iyun kuni butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 milliondan oşgan.

×