Livan poytaxti Bayrutda sodir bölgan kuçli portlaş qurbonlari soni 78 nafarga yetdi. Bu haqda Livan soğliqni saqlaş vazirligi maʼlum qilgan.
Qurbonlar soni yanada köpayişi kutilyapti: köplab insonlar bedarak yöqolgan, xarobalar ostidan jonsiz tanalar topilmoqda.
Kuçli portlaş 4 avgust kuni Bayrut portida sodir bölgandi. Şaharning teng yarmi xarobaga aylangan, kasalxonalar jarohatlanganlar bilan tölib ketgan.
Livan boş vaziri Hasan Diab portlaşga portda köp yillar mobaynida saqlab kelingan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bölganini maʼlum qilgan.
Livanda fojia munosabati bilan ikki kunlik motam eʼlon qilindi. Prezident Mişel Aun mamlakatda ikki haftalik favqulodda vaziyatni kuçga kiritdi.









