Koronavirus: Özbekistonda Inqirozga qarşi jamğarma tuzilib, unga 10 trln söm ajratiladi

Koronavirus: Özbekistonda Inqirozga qarşi jamğarma tuzilib, unga 10 trln söm ajratiladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni koronavirus pandemiyasining aholi turmuş darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumşatiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

– Bugungi şaroitda sanoat korxonalari, tadbirkorlar va eksportyorlar bizdan aniq va samarali çoralar kutmoqda. Şu bois iqtisodiyotda hisob-kitob qilinayotgan yöqotişlar örnini qoplaş uçun zaxira yaratiş va makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş hukumatning asosiy vazifasi bölişi zarur, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Bu boradagi işlarni samarali taşkil etiş maqsadida Prezidentimiz koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida farmon qabul qildi. Hujjatga asosan, Inqirozga qarşi jamğarma tuzilib, unda 10 trillion söm şakllantiriladi.

Yiğilişda farmonda belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oşiriş, pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy taʼsirini yumşatiş masalalari muhokama qilindi.

Koronavirus tarqalişining oldini oliş, şifoxonalarni dori, himoya va diagnostika vositalari bilan taʼminlaş, karantin xarajatlarini öz vaqtida moliyalaştiriş zarurligi taʼkidlandi.

Yurtimizda koronavirusga qarşi kuraşiş işlariga qariyb 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularni moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlab, oylik maoşiga qöşimça 120 foiz ustama tölaş böyiça körsatmalar berildi.

Kasallanganlarni öz vaqtida aniqlaş va profilaktikaga eʼtiborni kuçaytiriş, buning uçun barça hududiy yuqumli kasalliklar şifoxonalarini ekspress-testlar bilan taʼminlaş muhimligi qayd etildi.

Hozirgi kunda 16 mingdan ortiq fuqarolar karantinga olingan. Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiyaga karantin nazoratini taʼminlaş yuklatildi.

Koronavirus taʼsiri eng yuqori bölgan iqtisodiyot tarmoqlariga soliq taʼtillari va kredit qarzlari böyiça imtiyozlar beriş, byudjet ssudalari ajratiş yuzasidan vazifalar belgilandi.

Masalan, mehmonxona biznesida 90 milliard sömlik, transport-logistika sohasida 650 milliard sömlik, umumiy ovqatlaniş muassasalarida 180 milliard sömlik, taşqi savdo korxonalarida 3,6 trillion sömlik kreditlarni qaytariş imkoniyati pasaymoqda. Turistik firma va mehmonxonalar har bir sayyoh uçun kuniga 2-3 dollardan turizm yiğimi tölab kelmoqda.

Şu bois uşbu korxonalarning kredit muddatlarini uzaytiriş, turistik yiğimlar undirişni vaqtinça töxtatiş böyiça körsatma berildi.

Davlatimiz rahbari qayd etganidek, pandemiya sababli faoliyatini töxtatgan tadbirkorlarga banklar orqali foizsiz byudjet ssudalari ajratiladi. Hokimlarga iqtisodiy qiyinçilikka duç kelgan korxonalardan mahalliy soliqlarni undirişni 6 oygaça keçiktiriş vakolati beriladi.

Şuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad soliği, fermerlarning suv soliği 50 foizga kamaytiriladi. Bunda mahalliy byudjetdagi yöqotişlar respublika byudjetidan qoplab beriladi.

Yil yakuniga qadar soliq tekşiruvlariga moratoriy eʼlon qilinadi va qiynalgan korxonalarga soliq qarzlari uçun penya hisoblaş töxtatiladi. Bunday qiyin şaroitda tadbirkorni birorta tekşiruvçi bezovta qilmaydi. 

Xalqaro savdodagi vaziyatni inobatga olib, eksport-import böyiça keçiktirilgan qarzdorlikka jarima qöllamaslik, “yaşil yölak”lardan mahsulot ötkazişni köpaytiriş, yuk taşişda yuzaga kelayotgan masalalarni operativ hal etib boriş böyiça topşiriqlar berildi.

– Hozirgi holatda baʼzi korxonalarning soliq tuşadigan bazasi kamayişi tabiiy. Lekin bu kamomad nima hisobidan qoplanişi böyiça mutasaddilarda kundalik tahlil va sörov bölişi şart, – dedi Prezident.

Yiğilişda aholini ijtimoiy himoyalaş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Karantinga yopilgan muassasalar xodimlari, karantindagi fuqarolar va ularga qarovçilarning huquqlarini taʼminlaş, ijtimoiy nafaqa oluvçilar sonini kamida 10 foizga yoki 60 mingtaga oşiriş böyiça vazifalar qöyildi.

Karantindagi farzandlariga qarayotgan ota-onalarni işdan böşatişga mutlaqo yöl qöyilmaydi. Ularga vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yuz foiz tölab beriladi.

Maktabgaça taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari faoliyati töxtab turgan davrda tarbiyalanuvçilar va boşlanğiç sinf öquvçilarining ota-onalariga yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarga yillik mehnat taʼtilidan foydalanişning yillik rejasidan qatʼi nazar yillik mehnat taʼtili taqdim etiladi.

Iqtisodiy faollik pasaygan paytda aholi bandligi masalasi alohida eʼtibor talab etadi. Şu bois Inqirozga qarşi jamğarmadan Jamoat işlari jamğarmasiga qöşimça 200 milliard söm ajratiladi. Uşbu mablağlar odamlarni iş bilan taʼminlaş, buning uçun mahallalarda qöşimça infratuzilma obʼektlari qurişga yönaltiriladi. Şuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasiga 500 milliard söm qöşimça mablağ berilib, iş örinlari yaratadigan biznes subʼektlarga kömaklaşiladi.  

Uşbu çora-tadbirlarni sifatli bajariş maqsadida Boş vazir rahbarligida Inqirozga qarşi respublika komissiyasi tuzilişi belgilandi. Uşbu komissiya 22 martdan boşlab ikki oy davomida har bir tuman va şaharda koronavirusga qarşi kuraşiş, sanoat, xizmat körsatiş, savdo, transport, logistika va boşqa korxonalarni barqaror işlatiş masalalarini hal qilib boradi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boşqariş qömitasiga bozorlardagi narx-navoning özgarişini kuzatib borib, mavjud zaxiradan qöşimça mahsulotlarini savdoga çiqariş böyiça topşiriq berildi.

Yiğilişda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

×