Özbekistonda har yili 50 mlrd söm mablağ ajratiladigan “Olima ayollar jamiyati” tuziladi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ötkazilayotgan tantanali tadbirdagi nutqida aytib ötdi.
“Bitta qiz farzandni öqitsangiz — butun oilani öqitgan bölasiz deb ota-bobolarimiz bejiz aytişmagan.
...Ilm-fan bilan şuğullaniş, ilmiy yangilik yaratiş – bu igna bilan quduq qazişga barobar. Men özim şu sohadan çiqqanim uçun bu işning naqadar qiyin va murakkab ekanini yaxşi bilaman. Şuning uçun ham oila taşvişlari va farzand tarbiyasini ilmiy tadqiqot bilan birga olib borayotgan, bu borada amaliy yutuq va natijalarga erişayotgan olima ayollarni şaxsan men çinakam matonat va jasorat sohibalari deb bilaman va yuksak qadrlayman”, degan Şavkat Mirziyoyev.
Prezidentning sözlariga köra, kelgusi öquv yildan boşlab:
• magistraturada öqiyotgan barça qizlarning kontrakt pullarini töliq byudjetdan qoplab beriş uçun har yili 200 milliard söm mablağ yönaltiriladi;
• doktorantura yönalişida xotin-qizlar uçun, har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.
Şuningdek, Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi huzurida “Olima ayollar jamiyati” tuziladi. “Olima ayollar jamiyati”ga har yili 50 milliard söm mablağ ajratiladi.
Joriy va kelgusi yilda şu kabi maqsadlarga 1,8 trillion söm yönaltiriladi.









