“Özenergoinspektsiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda 2023 yilning şu davriga qadar ötkazilgan nazorat tadbirlarida 9 ming 446 ta holatda isteʼmolçilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi.
Xususan, 767 million metr kub tabiiy gaz (748 milliard 600 million söm) va 335 million kilovatt-soat elektr energiyasi (251 milliard 900 million söm) talon-toroj qilingan. Buning natijasida davlat manfaatlariga jami 1 trillion 500 million söm zarar yetkazilgan.
Şuningdek, 2 ming 134 ta maʼmuriy qoidabuzarlik holatlari aniqlangan. Buning natijasida 204 milliard söm miqdoridagi jarimalar undirişga qaratilib, “E-mamuriy ish” axborot tizim orqaliy sud organlariga yuborilgan.
Inspektsiyaning Toşkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari böyiça olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida xususiy avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarida 171 ta holatda 2 million 823 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga çiqarilişi oldi olingan.
Bundan avval Andijon, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpoğistondagi metan zapravkalar faoliyatiga çeklov örnatilgandi. Birinçi navbatda aholi, şifoxona, maktab hamda maktabgaça taʼlim taşkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalarning tabiiy gaz taʼminoti barqarorligini taʼminlaş maqsad qilingan. 12 dekabrdan gaz zapravkalarning iş vaqtiga özgartirişlar kiritilib, soat 06:00 dan 12:00 gaça etib belgilandi.









