Bugun AOKA ştabida Koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Xabibulla Oqilov iştirokida brifing bölib ötdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
— Koronavirus infektsiyasiga qarşi vaktsina qaçon tayyor böladi?
— Hozirda bir neçta mamlakatlar (100 dan ziyod laboratoriya) vaktsina işlab çiqişgan va uni köngillilarda tajribadan ötkazişmoqda.
Uşbu vaktsinalarning samaradorligi va qöllaşga qarşi körsatmalarini baholaş va keyin işlab çiqariş muddati 2020 yil oxiri 2021 yil boşiga töğri keladi.
— Koronavirus infektsiyasidan yangi zararlaniş tölqini bölişi mumkinmi?
— Xitoylik hamkasblarning tajribasiga köra, karantindan söng faqatgina çetdan kelganlarda yangi koronavirus holatlari aniqlanmoqda.









