Bugun Ayo Sofiya ibodatxonasida 1934 yildan buyon ilk bor juma namozi öqiladi

Bugun Ayo Sofiya ibodatxonasida 1934 yildan buyon ilk bor juma namozi öqiladi
Bugun Ayo Sofiya ibodatxonasida 1934 yildan buyon ilk bor juma namozi öqiladi

86 yillik tanaffusdan keyin Istanbul şahrida masjidga aylantirilgan Ayo Sofiya ibodatxonasida ilk juma namozi öqiladi. Unda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan iştirok etişi kutilmoqda.
Turkiya Davlat kengaşi 10 iyulda Ayo Sofiya ibodatxonasini muzeyga aylantirilişi haqidagi 1934 yilda qabul qilingan qarorni bekor qildi. Şundan söng Erdoğan ibodatxonani masjidga aylantiriş töğrisidagi farmonni imzolaganini maʼlum qildi.
Turkiya ibodatxonani avval qanday bölsa, hozir ham şunday saqlaşga vaʼda bergan. Inşoot devorlaridagi suratlar faqat namoz vaqtida parda bilan yopib qöyiladigan böldi. Turistlar avval Ayo Sofiyaga 100 lira (taxminan 15 dollar) tölab kirgan bölsa, endi ular binoga bepul kirişi mumkin.
Koronavirus pandemiyasi sabab hukumat juma namoziga taklif qilinganlar sonini çeklaşga majbur böldi. Ayo Sofiya içida 500 kişi, qolganlar taşqarida namoz öqiydi. Namoz öqiydiganlar niqob taqişi majburiy, şuningdek, ularning tana harorati ham tekşiriladi.
Tadbirda 736 şifokor, 100 dan ortiq tez yordam maşinasi va sanitar vertolyoti hozir böladi.
Jamoat tartibini saqlaş uçun qariyb 20 ming politsiyaçi jalb etilgan

×