2020 yilning 11 oyi davomida Namangan viloyati hududida jami 622 ta yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Uşbu YTHlarda 152 kişi halok bölgan. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davrida 160 kişini taşkil etgandi.
Viloyat IIB YHHB matbuot xizmatiga köra, viloyatdagi yöl-transport hodisalariga asosan texnik nosoz avtomobilda uzoq yölga otlaniş, harakat vaqtida uxlab qoliş, tezlikni belgilangan meʼyordan oşiriş, avtomaşinalarga keragidan ortiq yuk oliş hamda yöllarda, xususan, Qamçiq dovonida harakatlaniş qoidalarini yetarli darajada bilmaslik sabab bölmoqda.
Joriy yilning şu kuniga qadar Qamçiq dovonida 40 ta avtohalokat röy bergan. Ularning oqibatida 16 kişi hayotdan köz yumgan, 36 kişi jarohatlangan.
Bunday holatlarning oldini oliş, zarur bölgan çoğlarda zudlik bilan yordam beriş uçun Qamçiq dovonida jami 15 ta qutqaruv posti taşkil etildi, ularning 10 tasi Namangan viloyati hududida joylaşgan.
Şuningdek, viloyat YHXB xodimlari dovonda qişning sovuq kunlari yölga çiqqan haydovçilarga biroz tin olib, qaynoq qahva içişni taklif qilmoqda.









