Qozoğistonda mahr rasman bekor qilindi

Qozoğistonda mahr rasman bekor qilindi

Qozoğiston musulmonlari diniy boşqarmasi Ulamolar kengaşi qalinni mahrga tenglaştiradigan fatvo çiqardi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Qayd etilişiça, endilikda kelin uçun qalin puli tölangan bölsa, kuyov mahr berişga majbur emas. Qalin amal qilmaydigan hududlarda esa, mahr miqdori nikoh tuzilayotganda belgilanadi. 

Uşbu qaror nikohdan ötayotgan yoşlarga nisbatan moliyaviy yukni kamaytiriş va urf-odatlarni islomiy meʼyorlarga moslaştiriş maqsadida qabul qilingan.

Ulamolarga köra, qozoq anʼanasidagi qalin mahrning barça xususiyatlarini öz içiga oladi. Kuyov tomonidan beriladigan “ona suti” va “ota mehnati” kabi qöşimça tölovlar ham majburiy talablar qatoridan çiqariladi. Bu tölovlar mahr hisoblanmaydi va endi ixtiyoriy beriladi.


Teglar:
×