Qozoğiston ölim jazosini bekor qiliş töğrisidagi xalqaro protokolga qöşildi.
BMT ştab-kvartirasida Qozoğistonning taşkilotdagi doimiy vakili Qayrat Umarov Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro paktning ölim jazosini bekor qilişga qaratilgan Ikkinçi fakultativ protokolini imzoladi.
Ölim jazosini bekor qiliş töğrisidagi protokolga qöşilişni mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Tokayev BMT Boş assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida eʼlon qilgan edi.
Mamlakatda 2003 yildan beri ölim jazosiga moratoriy eʼlon qilingan. 2004 yildan beri uşbu jazo örniga bir umrlik qamoq jazosi amal qiladi.









