Koronavirus sabab Özbekistondagi barça maktablar, boğçalar va OTMlar karantinga yopiladi

Koronavirus sabab Özbekistondagi barça maktablar, boğçalar va OTMlar karantinga yopiladi

Özbekistonda barça maktabgaça taʼlim muassaalari, maktablar va oliy taʼlim muassasalari koronavirus tarqalişiga qarşi profilaktika maqsadida 16 martdan eʼtiboran karantinga yopiladi.

Bu haqda 15 mart kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov iştirokidagi yiğilişda maʼlum qilingan. Manbalarning taʼkidlaşiça, taʼlim muassasalaridagi karantin uç haftagaça davom etişi mumkin.

Avvalroq, 15 mart kuni Özbekistonda koronavirusga çalingan ilk bemor aniqlangani, u Toşkentda istiqomat qiluvçi ayol ekani, 11 mart kuni Frantsiyadan qaytgani haqida xabar berilgan edi.

Sönggi maʼlumotlarga köra, bemor ayolning barça oila aʼzolari tibbiy kuzatuvga olingan, şuningdek, u bilan birga bir reysda uçib kelgan 48 yölovçi va 9 nafar ekipaj aʼzosini ham nazoratga olinmoqda.

×