Özbekistonda kutilayotgan anomal issiq havo sababli boğçalar vaqtinça yopilişi mumkin. Bu haqda Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.
Uning bildirişiça, vazirlik mazkur masala yuzasidan hokimliklar, Sanepidqömita va “Özgidromet” agentligi bilan muloqot olib borgan. Hokimliklar şaroitdan kelib çiqib, tegişli çoralar körişi belgilangan.
Qayd etilişiça, kun juda isib ketganda boğçalarni vaqtinça yopiş közda tutilgan. Har bir hududiy bölimlar öz şaroitini örganib çiqadi. Keyin şunga qarab qaror qabul qilinadi. Agar qaysidir hududda boğçalar yopilsa, bu haqda eʼlon beriladi.









