Rasman: Özbekistondagi OTMlar anʼanaviy taʼlimni fevral oyidan boşlaydi

Rasman: Özbekistondagi OTMlar anʼanaviy taʼlimni fevral oyidan boşlaydi

Özbekistonda pandemiya davridagi taʼlim allaqaçon boşlandi. Joriy yilning 2 sentyabridan mamlakatdagi barça oliy taʼlim muassasalarida onlayn-darslarga start berildi. Şuningdek, şu kuni OTMlarga kiriş imtihonlari ham boşlandi. 

Xöş, mamlakatdagi oliy taʼlim dargohlarida anʼanaviy taʼlim qaçon boşlanadi? Uşbu savolga Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi Matbuot xizmati rahbari Farhod Babaşev javob  berdi. Uning qayd etişiça, oliy taʼlim muassasalaridagi anʼanaviy taʼlim ikkinçi semestrdan boşlanişi kutilmoqda. 

Unga köra, Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining qarori asosida talabalar anʼanaviy taʼlimni joriy öquv yilini 2-semestrdan, yani fevral oyidan boşlaşni reja qilingan. 

Farhod Babaşevning taʼkidlaşiça, 16 martdan 20 martgaça 80 mingdan ortiq talabalarni viloyatiga kuzatilgan. Agarda qabul kvotalarini köpayganini hisobga olinsa, bu yil Toşkent şahriga 100 mingdan ortiq talaba keladi. Bu esa epidemiologik vaziyatni izdan çiqişiga olib kelişi mumkin.

×