Gazetaning taʼkidlaşiça, bu vaqt hal qiluvçi rol öynaşi va tibbiyot hamjamiyatiga yangi virus qanday tarqalişini aniqlaşga yordam berişi mumkin
Nyu-York, 18-yanvar. Xitoylik tadqiqotçilar SARS-CoV-2 virusining deyarli töliq tuzilişini Pekin rasmiy ravişda oşkor etişidan ikki hafta oldin, COVID-19 ni keltirib çiqaruvçi virusni aniqladilar. Bu haqda çorşanba kuni The Wall Street Journa AQŞ soğliqni saqlaş va inson xizmatlari departamenti hujjatlariga tayanib xabar berdi.
Naşr maʼlumotlariga köra, 2019-yilning 28-dekabrida xitoylik olimlar SARS-CoV-2 tuzilişining deyarli töliq ketma-ketligini Amerika maʼlumotlar bazasiga yuklagan. Keyin Pekin Vuxandagi epidemiyani "nomaʼlumpnevmoniya" deb atadi. Xitoy virus tuzilişini faqat 2020-yil 11-yanvarda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bilan bölişdi.
Şu bilan birga, gazeta taʼkidlaşiça, bu maʼlumot "COVID qanday paydo bölganiga heç qanday oydinlik kiritmaydi", lekin dunyo hali ham pandemiyaning kelib çiqişi haqida töliq tasavvurga ega emasligini körsatadi. Ikki hafta xalqaro tibbiyot hamjamiyatiga yangi virus qanday tarqalişini aniqlaşda va mumkin bölgan vaktsina ustida işlaşda "muhim rol öynaşi" mumkin.
Avvalroq Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning Xitoy COVID-19 sabablarini xolis xalqaro tergov qilişni qöllab-quvvatlaşini va bu masala atrofida siyosiy manipulyatsiyaga qarşi ekanligini maʼlum qilgandi. Uning sözlariga köra, Xitoy tergovga boşqa mamlakatlarga qaraganda köproq maʼlumot va ilm-fan taqdim etgan, Qöşma Ştatlar esa mutaxassislarga mavzu böyiça heç qanday mazmunli maʼlumot bermagan.









