«Özavtosanoat» mutasaddilari va Oliy majlis qonunçilik palatasi deputatlari örtasida avtomobillar narxi oşişi borasida muhokama bölib ötdi. Muloqot davomida Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev mutasaddilarga savol berdi.

— Isteʼmolçilar şu vaqtga qadar bir narsaga köp guvoh bölişgan — eksportga va mahalliy bozorga çiqarilgan avtomobillar örtasida katta farq bor. Xususan, özim ham maşina olgan bölsam, Sergelidagi bozorga olib borib, difektlarini tuzatişga, qöşimça detallar qöyişga pul sarflaganman. Maşina zavodi bilan bozor örtasida «şartnoma» bormi, ustalar qayerda nimani almaştiriş kerakligini yaxşi bilişadi va bir zumda almaştirib beradi. Bu haqda nima deya olasiz?
Yana bir savol — «UzAuto» yopilsa, 34 millionli xalq nimani yöqotadi? — deya savol berdi Rasul Kuşerbayev.

Uşbu savolga «Özavtosanoat» strategik rejalaştiriş, tahlil va rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Rustam Qodirov javob berib ötdi.
— Bu savolga javob berişda sifat va komplektatsiya örtasidagi farqni tuşuniş lozim. Eksport va mahalliy işlab çiqaruvçi uçun talablar özgaça. Masalan, Rossiyada iqlim sovuqroq bölgani uçun oldingi örindiqlarda isitkiçlar bölişi lozim. Buni içki bozor uçun çiqarişimiz mumkin, ammo narx oşişiga olib keladi.
Agar içki bozor uçun işlab çiqarilayotgan avtomobil töloviga ham 500 ming söm qöşilsa, siz aytgan komplektatsiya kelib çiqadi. Ammo bu ham narx yana oşişiga olib keladi. Agar boşqa usta bu optsiyalarni sotib olib qöysa, 2-3 million qimmatga tuşadi.
Özbekistonda ham kunduzgi çiroqlar qöyiş böyiça talab boşlangandan söng biz ham avtomobillarga örnatişni boşladik. Bu holat narxga taʼsir körsatmadi.
Sifatga keladigan bölsak, eksportga çiqarilayotgan avto ham, mahalliy bozor uçun ham bitta konveyerdan çiqariladi.
Braklarga keladigan bölsak, nafaqat bizda, balki boşqa korxonalarda ham uçraydi. Bu inson faktori bilan boğliq. Agar avtomobillarda defekt bölsa, iltimos bizga yetkazing. Agar bizga öşa kamçiliklar aytilsa, xatolarimizni bilsak, töğirlaşimiz oson böladi, — deb aytdi Rustam Qodirov.
Munozara davomida «UzAuto» yopilsa 34 million xalq nimani yöqotadi?», degan savolga «Özavtosanoat» mutasaddilari quyidagiça javob berdi: «18 mingta iş örni yöqotiladi. Har bir işçimizning oilasida kamida uç nafardan aʼzo borligini inobatga olsak, bu raqamni uç-törtga köpaytiriş mumkin. Şuningdek yana 4 million (AQŞ dollari - tahririyat izohi) QQS soliği ham yöqotiladi».

Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev bu javobga quyidagiça eʼtiroz bildirdi:
«Keçirasiz, siz aytayotgan 4,2 trillion QQSni siz emas, balki xalqimiz tölamoqda. Hammasi isteʼmolçining gardanida!»
«Özavtosanoat» mutasaddilari va deputatlari örtasidagi munozara yakunida Oliy majlisda avtosanoat bilan boğliq holatni örganiş uçun işçi guruh taşkil etiş taklifi berildi.









