Bugun, 3 dekabr kuni baʼzi mahalliy internet saytlarida Özbekistonda “Bentley” kompaniyasining elektromobillari işlab çiqarilişi haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarda “Özavtosanoat” aktsionerlik jamiyati Buyuk Britaniyaning “Bentley” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2021 yildan boşlab yangi elektromobillarni işlab çiqariş böyiça muzokara olib borayotgani aytilgan.
Şuningdek, 2025 yilga borib uşbu brend ostida olti xil gibrid elektromobillar işlab çiqarilişi mumkinligi aytilgan.
Mazkur xabarlar qançalik haqiqatga yaqinligini biliş uçun “Özavtosanoat” AJ Matbuot kotibi Zumrad Şajalilova bilan boğlandik.
Kompaniya vakili Özbekistonda Bentley elektromobillari işlab çiqarilişi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
“Axborot notöğri. Biz tasdiqlamaymiz”, dedi kompaniya Matbuot kotibi.
Maʼlumot uçun, “Bentley” Buyuk Britaniyaning "lyuks" klassdagi avtomobillar işlab çiqaruvçi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaga 1919 yilda asos solingan.









