Uxan şifoxonasi COVID-19ga çalingan sönggi bemorga javob berdi (video)

Uxan şifoxonasi COVID-19ga çalingan sönggi bemorga javob berdi (video)

Xitoyning Uxan şahridagi kasalxonalarda koronavirus bilan oğrigan bittayam bemor qolmadi, deyiladi «Izvestiya» xabarida.

Eng oxiri bölib 77 yoşli janob Dinga javob tegdi. Bu bemor klinikada bir oy yotdi. Keksa erkakda ham qon bosimi yuqori, ham osteonekroz bölgani uçun kasali oğir keçdi.

Anʼanaviy davolaşdan naf çiqmagaç, şifokorlar unga tuzalib ketgan bemorlar qon plazmasini quyişgan va nihoyat test natijasi manfiy çiqişiga erişişgan.

Xitoyda pandemiya boşlanganidan beri 82 836 kişi koronavirusni yuqtirgan.

×