Avtomobil zavodi, yöl va futbol — Hokim savollarga javob berdi

Avtomobil zavodi, yöl va futbol — Hokim savollarga javob berdi

Namangan viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oşirilgan işlar va 2021 yil rejalari böyiça xalqqa hisobot berib ötdi. Hisobotdan söng ötkazilgan matbuot anjumanida hokim jurnalistlar tomonidan berilgan bir qator savollarga javob berib ötdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri xabar berib ötdi.

— Namangan şahri kengaymoqda, köpqavatli uylar qurilyapti. Ammo muammo şundaki, köçalar ança tor va tirbandliklar yuzaga kelyapti. Yöllarni kengaytiriş rejasi bormi?
— Darhaqiqat yöllarimiz torligi körinib qoldi, ayniqsa quriliş işlari olib borilayotgan köçalarda tirbandliklar kelib çiqmoqda. Xususan, «Hamrox» köçasida uylar qurilişi boşlangan, ammo köça kengaymay qolib ketdi. Aholimiz şundan norozi bölyapti. Vaziyatni önglaş uçun işlar olib borilmoqda, bir qator loyihalar boşlangan. Şuningdek markaziy köçalardan taşqari içki yöllarni ham tuzatamiz.

Şahardagi 7 ta asosiy köçalarda tubdan taʼmirlaş işlari bajariladi. Bu işlarni 2020 yilda amalga oşirişni közlagan edik, ammo pandemiya tufayli töxtab qoldi.

— Pandemiya yana bir muammoni keltirib çiqardi - köplab mehnat muhojirlari xorijga keta olmay, qolib ketdi. Ularni iş bilan taʼminlaş qanday ketmoqda?
— Biz IIB bilan birga mehnat muhojirlarini örganiş işlarini olib bordik. Natijada viloyatdan çetga çiqib mehnat qilayotgan 63 ming fuqaro borligi aniqlandi. Ulardan Rossiyada 33 ming nafari işlasa, yana 19 mingi Qozoğistonda mehnat qilyapti. Bundan taşqari 51 ming nafar fuqaro pandemiya tufayli qaytib kelgan. Ularning 77 foizini iş bilan taʼminlaşga erişdik. Namanganda band bölmagan aholiga xizmat körsatuvçi monomarkaz oçildi va Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda 500 kişilik öquv kursi taşkil etildi. Örganişga köra aksariyat muhojirlar quriliş sohasida işlari qayd etildi. Biz öquv kurslarida yuqori malakali usta tayyorlaşni yölga qöyganmiz. Şuningdek til ham örgatiladi. Taʼkidlaş joiz, hozir yuqori malakali ustalarga özimizda ham iş yetarli.

Bizning maqsadimiz — şunçaki çetga yurganlarga telefon qilib, uyga qaytişga undaş emas. Balki iş örinlari yaratiş orqali oilasi bağrida bölişini taʼminlaş. Agar biz real iş örni taşkil eta olsak, vatandoşlarimiz ortga qaytadi. Şu yerning özida oilasini bemalol boqa olişsa, heç kim çetga ketişni istamaydi, Rossiyada yurmaydi. Biz nafaqat yangi iş örinlari yaratişimiz, balki tarğib eta olişimiz ham kerak. Hozir iş örinlari haqida turli videoroliklar tayyorlanmoqda.

— Namanganda avtomobilsozlik zavodi qurilişi aytilgan edi. Avvaliga zavod 2019 yilning sentyabrida oçilişi maʼlum qilindi. Ammo nimagadir işlar töxtab qoldi...
— Bu zavod böyiça Özbekiston tomoni barça majburiyatlarni bajargan. Janubiy Koreyadan kelgan investorlar talabiga köra erkin iqtisodiy zona uçun yer ajratildi, hamkorlik şartnomasi imzolandi. Ammo Janubiy Koreya tomonidan taʼsisçilarning özgarişi, pandemiya boşlanib ketgani va şu orqali ularning «faoliyat geografiyasi» özgargani iş töxtab qolişiga olib keldi. Hozirda hamkorlik böyiça yangi şartnoma taklif etilgan va biz uni ham imzoladik. Endi esa Janubiy Koreya tomoni imzolaşini kutmoqdamiz. Maqsadimiz — loyihani töxtatib qöymasdan, davom ettiriş. Hamkorimiz şartnomani körib çiqib, imzolaşi uçun hali bir oy vaqt bor. Ulardan javob kutmoqdamiz.

— Namanganning iqtisodi asosan hunarmandçilikka asoslangan. Sohani rivojlantiriş uçun nimalar qilinmoqda?
— Prezident bizdan xalq orasiga kiriş va örganişni talab qilganda viloyatimizdagi köplab xonadonlarda böldik. Öşanda aksariyat xonadonlarda hunarmandçilik rivojlanganini kördik. Ammo ularning işi juda kiçik hajmda edi. Biz hunarmandlardan nima uçun korxona oçmasliklari haqida söradik. Eşitgan eng birinçi muammomiz — yer böldi. Öşa vaqtlarda xalqimiz yerni osongina ajratiş mumkinligini tasavvur ham qila olmas edi. Oradan biroz vaqt ötgaç «Orzu» massivida 10 gektarlik sanoat zonasi taşkil etildi. Bu taşabbus Namangan ahli uçun yangilik böldi. Biz aholiga tadbirkorlik uçun 15 sotixdan 50 sotixgaça yer taklif qildik. Bilasizmi, öşanda oçiqçasiga hayron qolganlar böldi. «Biz iş boşlaş uçun yer topa olmas edik, endi hokimiyatning özi bizga yer taklif qiladimi?» degan gaplarni ham eşitdik. Hozir «Orzu» kiçik sanoat zonasidagi 22 ta loyihada 2 500 odam işlamoqda. Prezidentning topşiriği şunaqa böldiki — yirik korxonalar rivoji ham kerak, ammo kiçik tadbirkorlik sohalarini bir joyga jamlab, yetarli şaroit yaratib, turli yönalişlarda işlab çiqarişni taşkil etişning ham ahamiyati katta. Biz bu topşiriqni bajarişga harakat qilyapmiz.

— «Navbahor» futbol klubining viloyat aholisi uçun qadri juda baland. Siz klubni yuritiş böyiça strategiyani özgartiramiz, degan edingiz. Bu strategiya qanaqa yönalişda böladi, maʼlumot bera olasizmi?
—Maqsadimiz — mahalliy yoşlarga eʼtibor beriş. Yaxşi bilasiz, jamoamiz uşbu mavsumda töqqizta yutuqsiz seriyaga barham berib, oxirgi uçta öyinda ketma-ket ğalabaga erişdi. Qolaversa kubokdagi 1/4 öyini ham finalga hos keçdi. Hozirda futbolimiz faxri Odil Ahmedov bilan bu borada hamkorlikni yölga qöyganmiz. Jamoa boşqaruviga qaysi murabbiy kelmasin, yoşlarga eʼtibor qaratiladi. Hozir boş murabbiylikka nomzodlar bilan muzokara ketmoqda. Yaqinda natijasi eʼlon qilinadi. «Navbahor» klubi muxlislar soni va qöllab quvvatlaşi böyiça yurtimizning yetakçi klublaridan. Bizdan Odil Ahmedov, Aziz Turğunboyev, Abbos Ğulomov va Oston Örunovlar yetişib çiqqan. Biz ular bilan faxrlanamiz.

Manba: Xabar.uz

×