Ekologiya qömitasining yangi rahbari Ohangaron maişiy çiqindi poligonidagi holatni örgandi (foto)

Ekologiya qömitasining yangi rahbari Ohangaron maişiy çiqindi poligonidagi holatni örgandi (foto)

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi raisi Şavkatjon Abdurazzoqov boşçiligidagi mutasaddilar Ohangaronda joylaşgan Toşkent maişiy çiqindi poligoni hamda Yaşnobod tumani çiqindilarni qayta yuklaş stantsiyasidagi holatni örgandi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Ohangarondagi maişiy çiqindi poligoni sanitar holati qoniqarsiz ekanligi qayd etilib, uning atrof-muhitga salbiy taʼsirining oldini oliş va hududni obodonlaştiriş çora-tadbirlari belgilandi.

Xususan, poligonda qöriqlaşni kuçaytiriş, bu yerga olib boruvçi yölni taʼmirlaş, poligonga xususiy çiqindilarni qayta işlovçi korxonalarni keng jalb qiliş, çiqindilarni qayta işlaş orqali poligon kengayişining oldini oliş masalalari kelişib olindi.

Foto: «Daryo»

Respublika şaharlarida sanitar-tozalaş xizmatlarini körsatib kelayotgan «Toza hudud» va «Maxsustrans» korxonalarini davlat-xususiy şerikçilik şarti bilan tadbirkorlik subʼektlariga biriktirib beriş masalasi ham körib çiqildi.

Foto: «Daryo»
Foto: «Daryo»

Eslatib ötamiz, Namangan şahri hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov 5 mart kuni Prezident farmoni bilan Özbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.

×